AQSh bo'ylab xotira marosimlari, 21 yil oldingi voqealar yodga olinmoqda

  • Amerika Ovozi

Pentagonda xotira marosimi, 11-sentabr, 2022

Amerikaliklar 2001-yilning 11-sentabrida ro’y bergan terror hujumlarini, mamlakat tarixidagi eng qonli voqeani sukut saqlash, qurbonlarning ismlarini o’qib eshittirish va qator boshqa tadbirlar bilan xotirlamoqda.

O’sha mash’um kunda o’lganlarning oila a’zolari va mehmonlar bugun samolyotlar qulagan joylarga – Nyu-York, Pentagon va Pensilvaniya shtatiga borishadi. Ayrimlar ko’ngilli loyihalarga qo’shiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Bugungi Nyu-York: 11-sentabr voqealariga 21 yil to’ldi

Qariyb 3000 kishini hayotdan olib ketgan xurujlar dunyo bo’ylab “terrorizmga qarshi urushga” turtki bergan, AQShning milliy xavfsizlik siyosatini tubdan o’zgartirgan.

Seku Sibining 70 dan ortiq hamkasblari savdo markazi minorasidagi restoranda halok bo’lgan. O’sha ertalab boshqa bir oshpaz Sibi bilan smena almashishni so’ragan edi. O’sha kundan buyon Sibi biror restoranda ishlagani yo’q.

“Har yili shu sana kimlardan judo bo’lganimni yodga soladi”, - deydi hozirda restoran ishchilari uyushmasini boshqarayotgan Sibi.

Your browser doesn’t support HTML5

Gavharoy Kamardinova: 18 yil oldin Nyu-Yorkdagi terror xurujida o'lgan o'zbekistonlikni xotirlab...

Bugun Prezident Jo Bayden Pentagonda, rafiqasi Jill Bayden Pensilvaniyada, Vitse-prezident Kamala Harris Nyu-Yorkda o’tayotgan xotira marosimlarida qatnashmoqda.

Marhumlarning oila a’zolari 11-sentabr fojiasidan keyin birlashgan xalq bugun parokanda ahvolda ekanini afsus bilan tilga oladi. Xalqaro terrorizm hamon dolzarb mavzu, ammo AQSh razvedka idoralari bugun mahalliy ekstremizmga ham jiddiy tahdid deb qaraydi.

11-sentabr voqealariga 21 yil to'ldi