Afg'oniston iqtisodiyoti xurujlardan katta talafot ko'rmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'onistonda, xususan, poytaxt Kobulda so'nggi paytlarda kuchaygan terror xurujlari nafaqat mamlakat infratuzilmasi, balki mahalliy iqtisodiyot uchun ham katta zarar yetkazmoqda. Rasmiylarning aytishicha, so'nggi hujumlar ortidan xususiy sektor 100 million dollar yo'qotgan.

So'nggi qonli xurujlar Afg'oniston mahalliy iqtisodiyotiga jiddiy putuk yetkazdi. Beqarorlik bois sarmoyadorlar mamlakatni tark etish harakatiga tushib qolgan.

Shanba kuni yuz bergan xudkushlik hujumi oqibatida Kobulning "Shari nav" nomli tijoriy mahallasida 80 ta do'kon jiddiy zarar ko'rgan.

"Bu hujumlar mahalliy iqtisodiyotga ta'sir qildi. Kichik sarmoyadorlar Afg'onistonda o'zini xavfsiz sezmaydi. Afsuski, xususiy sektorni umidsizlik qoplab oldi", - deydi Savdo palatasi rahbari o'rinbosari Xanjan Alikozay.

Interkontinental kabi xavfsiz mehmonxonalarga uyushtirilgan so'nggi xurujlar mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni mamlakat iqtisodiyotiga pul tikishdan qaytarmoqda.

Afg'oniston Savdo palatasi rasmiylarining aytishicha, so'nggi olti oyda mamlakatda xususiy biznes orqaga ketgan.

Jahon banki 2018-yilda Afg'oniston iqtisodiyoti 3,2 foiz o'sishini taxmin qilgan edi. Mahalliy tahlilchilar esa beqarorlik davom etsa, bunday darajada o'sish bo'lmasligini aytmoqda.