Breaking News

Afg'oniston sharqi va shimolida qonli hujumlar


Afg'on-Pokiston chegarasida
Afg'on-Pokiston chegarasida

Afg’oniston shimolidagi Juzjon viloyatida afg’on harbiylari va NATOning qo’shma havo hujumlari natijasida O’zbekiston Islomiy Harakatining to’rt nafar jangarisi o'lgan. Nangarhor viloyatidagi hujumda amerikalik bir askar halok bo'lib, to'rt afg'on jarohatlangan. 2017-yilda AQSh Afg'onistondad 17 zobitini yo'qotdi.

Juzjon rasmiylarining bildirishicha, Darzob tumanidagi hujumda 26 jangari jon bergan.

Juzjon politsiyasi qo’mondoni Faqir Muhammad Juzjoniyning matbuotga aytishicha, NATO va afg’on harbiylarining ushbu qo’shma opiratsiyasida “Islomiy Davlat” ning 26 nafar a’zosi jon bergan, ular orasida uch nafar fransiyalik va to’rt nafar o’zbekistonlik jangarilar ham bor.

Rasmiylarga ko’ra, DAISh jangarilari Darzob tumaning Elxoni nomli hududida yig’ilgan bir paytda havodan nishonga olingan.

O’ldirilgan jangarilar orasida DAIShning muhim qo’mondonlari va shimoliy viloyatlar uchun ushbu to’da mas’ulining o’rinbosari ham mavjudligi aytiladi.

Amaliyot natijasida ikki nafar oddiy aholi ham jon bergan.

Juzjonning Darzob va Qo’shtepa tumanlari “Islomiy Davlat” to’dasining asosiy markaziga aylangan. Ushbu guruh toliblarni mazkur tumanlardan quvib chiqargan edi.

Bundan oldin O’zbekistob tashqi ishlar vaziri Kobulga safari chog’ida Afg’onistonda faoliyat yuritayotgan O’zbekistonlik jangarilarga qarshi kurashda yordam berishni ta’kidlagan edi.

Juzjondan 36 nafar o’zbekistonlik jangari borligi aytilgan edi.

Darzob va Qo’shtepa tumanlari aholisining aksariyati o’zbeklar.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG