Ilhom To'xtini ozod etish uchun internetda imzo to'planmoqda

  • Amerika Ovozi

Ilhom To'xti, pekinlik uyg'ur professori

Xitoyda faollar uyg’ur olimi Ilhom To’xtini hibsdan ozod etish maqsadida imzo to’plamoqda. Pekindagi universitetning iqtisodiyot bo’yicha olimi o’tgan hafta qo’lga olingan edi.

Unga rasmiy ayblov qo’yilmagan, Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, u jiddiy jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Ilhom To’xti hukumatning Shinjonda uyg’urlarga qarshi siyosatining ashaddiy tanqidchilaridan hisoblanadi. Internetda chop etilgan bayonotda Xitoy hukumatidan uni ozod etish so’ralgan. Hozircha 1100 odam murojaat ostida imzosini qoldirgan.

Xitoy davlat matbuoti professor To’xtini Shinjonda bo’lginchlikni oqlayotganlikda ayblamoqda.