Namoyishlarga Oq uy nima deydi?

  • Amerika Ovozi

Yutadagi maktabda kongressmen bilan yig'inda fuqarolar janjal ko'tarmoqda.

Kongress a'zolari ta'tildan qaytar ekan, fuqarolar arzi va g'azabi bilan yuzlashmoqda. Oq uy esa namoyishlar va chiqishlar bilan hisoblashmayapti.

Shaharlarda fuqarolar bilan o'tayotgan yig'inlarda har safar janjal.

Prezident Donald Tramp ishga kirishganiga bir oy bo'ldi. Uning partiyasi - respublikachilar xizmatga qaytar ekan, fuqarolarning shikoyat va hatto qahriga duchor bo'lmoqda. Prezident o'z siyosatini yotig'i bilan tushuntirsin, deya talab qilayapti ular.

"Obamacare" nomli tibbiy sug'urta dasturini bekor qilish haqidagi bayonotlar va immigration siyosatgacha - barini izohlab bering, deydi fuqaro.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 23-fevral, 2017-yil

Luizianada chorshanba kuni senator Bill Kassidi Tramp ma'muriyatini himoya qilishga uringan edi, odamlar unga gap bermadi.

Oq uy esa e'tirozlarni pisand qilmayotgan ko'rinadi.

"Ayrimlar norozidir, balki. Ammo aksariyat namoyishlar muayyan kuchlar tomonidan atayin uyushtirilmoqda. Ko'p hollarda matbuot e'tiborini tortish uchun kichik, biroq janjalkash guruhlar qilayotgan siyosat bu", - deydi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.

Prezident Tramp ham "Twitter" tarmog'ida qilgan chiqishida respublikachi qonunchilar nazoratidagi hududlarda namoyish qilayotganlar aslida liberal faollardir, dedi.

Ayrim respublikachilar janjaldan chetroq yurib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot o'rniga, telefon orqali konferensiyalar o'tkazish bilan kifoyalanmoqda.