Eron, Afg'oniston mahbus almashmoqda

  • Amerika Ovozi

<p>Aunque el proceso ha sido lento y solo unos pocos cientos de personas han sido procesadas, el gobierno de Estados Unidos dijo que estaba ampliando el programa&nbsp;a más inmigrantes.</p>

Eron va Afg'oniston yaqinda mahbus almashgan, ikki davlat orasidagi sovuqlik barham topishi mumkinligidan nishona bu, deydi kuzatuvchilar.

Afg'oniston Eronda afg'onlarga nisbatan muomaladan norozi, natijada ikki yurt aloqalari tarang bo'lib qolayotgan edi. Mahbuslar ayirboshlab, davlatlar orani yaxshilashga rozi ekaniga ishora qilmoqda.

Chamasi 200 nafar afg'on mahbus payshanba kuni Islom Qal'a chegara punktiga, Hirot g'arbiga olib kelingan. Undan oldin Kobul o'nlab eronlik mahbusni Tehronga topshirgan edi.

Ikkisi 2012-yilda mahbus ayirboshlashga kelishgan. Biroq shundan beri davlatlar faqat ikki bor mahbus alishgan.

Eronda taxminan uch million afg'on yashaydi. Ko'pi vatanidagi urushdan qochgan. Ammo aksariyati huquqlari poymol etilayotganidan shikoyat qiladi, fuqaroliksiz, biror maqomsiz yashaydi. Eronda 950 ming afg'on qochqin maqomiga ega.

Eron minglab afg'onlarni, xususan, shia hazoralarni Suriyaga, Eron askarlari bilan bir safda, Suriya hukumati tomonida jang qilishga yuborgan. Suriyadagi bu urushda o'nlab afg'onlar nobud bo'lgan.

Eronning bu qilmishi ikki davlat o'rtasida diplomatik tortishuvni avj oldirdi.

Tehron mahbuslar almashishga rozi bo'lib, bu ziddiyatni yumshatmoqchi. Ikki mamlakat o'rtasida energiya va suv taqsimlash loyihasi yo'lga tushishi uchun ham Eron murosa izlamoqda, deydi kuzatuvchilar.

Bu orada, Eron va Afg'oniston o'rtasida yangi temir yo'l loyihasi Osiyodan Afg'oniston orqali Eronga mahsulot qatnovini keskin oshirishi kutilayapti. Bu yo'l Tehron uchun Afg'oniston orqali Markaziy Osiyo davlatlariga chiqish imkonini beradi. Bir necha yil davom etgan sanksiyalar ketidan nihoyat yengil tortgan Tehron uchun bu katta imkoniyat, deydi mutaxassislar.

Eron, shuningdek, Afg'onistondan ko'proq suv olish niyatida. Biroq Hindiston moliyasi yordamida Hirotda qurilayotgan Salma to'g'oni Eronga oqadigan suv hajmini kamaytirishi mumkin, deya xavotirda Tehron. Kobul bu xavotirlar o'rinsiz, deya ishontirmoqda.