Venada Eron yadro dasturiga doir muzokaralar boshlandi

  • Amerika Ovozi

Eron va yana bir necha davlat vakillari bugun Venada 2015-yilda imzolangan Tehron yadro dasturiga doir xalqaro bitimga qaytish xususida muzokaralar boshladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 29-noyabr, 2021-yil

"Agar Yevropa mamlakatlari hozir shu imkoniyatdan foydalanib qolmasa, vaziyat yanada murakkablashishi, Eron uranni yanada boyitishga kirishishi va yadroviy salohiyatini yanada kuchaytirishi mumkin”, - deydi tahlilchi Hamidrizo G’ulomzoda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi muloqot chog’ida Amerika vakillari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot bo’lmasligini bildirdi.

Diplomatlarga ko’ra, bitimni jonlantirish uchun vaqt oz qolyapti. 2018-yilda AQSh Prezidenti Donald Tramp shartnomadan chiqishi ketidan Eron ham unga amal qilishni to’xtatib, uran boyitishni jonlantirdi.

Aprel oyidan iyungacha olti bor bilvosita muzokaralar o’tkazildi. Iyun oyida Eronda yangi prezident saylandi.

Eron bitimga qaytish uchun ma’lum talablarni olg’a surgan. Xususan Tehron AQSh va Yevropa Ittifoqidan 2017-yildan beri qo’yilgan barcha sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda, biroq Yevropa va AQSh diplomatlari bunga rozi emas.

Eronni yadro qurolini yaratayotganlikda ayblayotgan Isroil muloqot ishtirokchilarini Eron shantajiga bo’yin egmaslikka, sanksiyalarni bekor qilmaslikka chaqirdi.

“Eron niyatini yashirayotgani yo’q. Qotil rejimni mukofotlantirmaslik kerak”, - dedi Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet.