Isroilda saylovlar. Netanyaxu hokimiyatda qoladi

  • Amerika Ovozi

Isroilda parlament saylovlari, 22-yanvar, 2013-yil.

Bugun Isroilda parlament saylovlari bo'lib o'tdi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu uchinchi muddatga hokimiyatda qoladi.

Uning Likud partiyasi millatchi Yisrael Beytenu partiyasi bilan ittifoqda ko’pchilik ovozlarni qo’lga kiritgan.

Ularga muxolif Leyboristlar hamda ultra-konservativ "Yahudiylar uyi" partiyalari keyingi pog’onalarni egallagan.

"Yahudiylar uyi" yetakchisi, tadbirkor Naftali Benettning aytishicha, Isroil G'arbiy Sohilning katta qismini o'ziga qo'shib olishi kerak. Falastin hududni bo'lajak davlatining bir qismi deb biladi.

Saylovchilarning yarmi ovoz bergan. Bu so'nggi 14 yildagi eng yuqori ko'rsatkich.

120 o’rinlik parlamentda ustunlikni saqlab qolish uchun Netanyaxu boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishga majbur. Isroil siyosatida hali hech bir partiya bir o’zi parlamenda ko’pchilik o’rinlarni qo’lga kiritmagan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1588440&w=640&h=506&skin=embeded