"Oy nuri" yilning eng yaxshi filmi bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kino olamida eng yaxshi filmlarga beriladigan Oskar mukofotining bu yilgi g’oliblari e’lon qilindi. “Oy nuri” (Moonlight) kartinasi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi sovrindori bo’ldi. “La-La Lend” musiqiy kartinasi asosiy sovrinni boy bergan bo’lsa ham, boshqa yo’nalishlarda jami oltita oskarni qo’lga kiritdi.

Musiqiy romantika janridagi “La-La Lend” kartinasi “Eng yaxshi rassom-postanovkachi ishi”, “Eng yaxshi musiqa” va “Eng yaxshi qo’shiq” nominatsiyalari g’olibi bo’ldi.

Shuningdek, film ijodkorlaridan Emma Stoun “Eng yaxshi aktrisa”, Demyen Shazel esa “Eng yaxshi rejissor” bo’ldi. Shazel Oskar tarixida bu unvonni qo’lga kiritgan eng yosh rejissordir.

“Oy nuri”da o’ynagan musulmon aktyor Mahershala Ali “Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.

Dastlab, “La-La Lend” “Eng yaxshi film” deb e’lon qilindi. Ammo ko’p o’tmay bu xato ekani, mukofot qora tanli gomoseksual hayoti haqida hikoya qiluvchi “Oy nuri” filmiga berilgani ma’lum bo’ldi.

“Oy nuri”da o’ynagan musulmon aktyor Mahershala Ali “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi. Film “Eng yaxshi ssenariy-adaptatsiya” yo’nalishida ham oskar oldi.

Viola Devis “To’siqlar” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” unvonini qo’lga kiritgan bo’lsa, Keysi Aflek “Dengiz bo’yidagi Manchester” filmi uchun “Eng yaxshi aktyor” bo’ldi.

“Dengiz bo’yidagi Manchester” filmi uchun “Eng yaxshi erkak aktyor” nominatsiyasi g'olibi Keysi Aflek

“Eng yaxshi xorijiy kartina” nominatsiyasi g’olibi bo’lgan “Sotuvchi” filmi rejissori, eronlik Asg’ar Farhodiy Tramp ma’muriyatining immigratsiya siyosatidan norozi bo’lib, taqdimot marosimiga kelmadi.

“Oskar” mukofoti taqdimoti bu yil kutilmagan voqealarga boy bo’ldi.