Pokistonda jangarilar 18 shiani o’ldirgan

  • Amerika Ovozi

Yo'lovchilar birma-bir tekshirilib, shialar otib tashlangan

Pokiston rasmiylarining aytishicha, bugun shimoldagi Ko’histon viloyatida harbiy forma kiygan odamlar yo’lovchi avtobuslarini to’xtatib, 18 shiani otib o’ldirgan.

Poytaxt Islomoboddan 340 kilometr uzoqdagi to’g’li bu viloyatda hujumchilar erta tongda to’rt avtobusni shu usulda qo’lga olib, yo’lovchilarni birma-bir tekshirgan.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Jundulloh jangari guruhi bu ishni amalga oshirganini da’vo qilmoqda. "Associated Press" agentligiga ko’ra esa Pokistondagi Tolibon, sunniy musulmon ekstremistlar hujumni biz qildik, degan.

Ko’histon bir paytlar toliblar hukmron Svot vodiysiga qo’shni. Pokistonda aholining katta qismi sunniylar, shialar ozchilik. Jangarilar har ikki mazhabni nishonga olib keladi.

Bugun, shuningdek, Pokiston shimoli-g’arbidagi Peshovar shahrida bir kishi ikki xorijlik, jumladan, bir ayolni otib o’ldirgan.