Falastinda yangi bosh vazir ishdan ketmoqda

  • Amerika Ovozi

Rami Hamdulla bosh vazir bo'lib ikki hafta xizmat qildi. Hukumatni boshqarish uchun yangi nomzod topilgunicha lavozimida qoladi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos yangi bosh vazirning iste’fo haqidagi arizasini qabul qildi.

Rami Hamdulla o’rniga boshqa nomzod topilgunicha ishlab turadi, deydi Abbosning yordamchilari.

Hamdulla o’tgan hafta muovinlari bilan tortishib, kutilmaganda ishdan ketishini e’lon qilgan.

Bosh vazir lavozimida u faqat ikki hafta xizmat qildi.

Falastin ma’muriyati Isroil bilan tinchlik muzokaralarini qayta jonlantirishga urinayotgan bir paytda Hamdullaning ketishi Abbos ma’muriyatiga ziyon qilishi aniq, deydi tahlilchilar.

Ungacha olti yil davomida bosh vazir lavozimida G’arbda tahsil olgan Salom Fayyod ishlab kelayotgan, u G’arbiy sohilda korrupsiyaga qarshi sa’y-harakatlari bilan tanilgan edi.

Biroq Fath safidagi ichki tortishuvlar va soliq hamda narxlar oshgani bois Fayyod shu yil ishdan bo’shashga majbur bo’lgan.