Vashington choyxonasi: AQShda Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotlar

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (markazda) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan, Germaniya, 7-dekabr, 2016-yil.

Bir qator olimlar AQSh-Markaziy Osiyo munosabatlarini uch davrga bo'lishadi. Birinchisi davrga 90-yillar boshida mintaqa davlatlari mustaqillikka erishgandan boshlab, 2001-yil Nyu-York shahrida terror xuruji yuz bergan kungacha bo'lgan muddat kirsa, ikkinchisi 11-sentabr xuruji ketidan AQSh Afg'onistonga urush ochishidan tortib bu yerda urush tugagungacha, ya'ni hozirgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.

Ko'plab ekspertlar nazarida aloqalarning dastlabki bosqichida asosiy e'tibor mintaqa davlatlari mustaqilligini kuchaytirishga hamda Rossiyaning ularga ta'sirini kamaytirishga qaratilgan. Afg'oniston urushi boshlangandan so'ng munosabatlar, asosan, xavfsizlik bo'yicha hamkorlik asosiga qurildi.

Bugunga kelib, aloqalarning uchinchi bosqichi, ya'ni Afg'onistonda harbiy missiya tugatilayotgan bir paytda munosabatlar qanday? Vashington mintaqani o'zi uchun hanuz muhim region deb hisoblaydimi? Amerikada mintaqani o'rganuvchi ilmiy markazlar, ularga ajratilayotgan mablag'lar kamayib borayotgani AQSh rasmiylari tomonidan Markaziy Osiyo ikkinchi darajali mintaqaga aylanayotganini ko'rsatadimi?

"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida shu mavzular atrofida suhbat qurdik. Unda Michigan davlat universiteti professori, asl turkiyalik o'zbek olimi, mintaqa bo'yicha ekspert Timur Xo'jao'g'li ishtirok etdi.

Dasturni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: AQShda Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotlar