Tailandda qochqin uyg’ur oilalar taqdiri mavhum

  • Amerika Ovozi

Tailandda ushlangan uyg'ur bolasi.

Xitoydan qochgan taxminan 400 uyg’ur, asosan, ayollar va bolalar mana bir necha haftadirki Tailandda qolmoqda. Rasmiy Pekin ularni vataniga deportatsiya qilishni talab qilayapti.

426 odamning taqdiri bir necha davlat, xususan, Qo’shma Shtatlarning diqqat markazida. Ular mart oyi boshida Tailand janubidagi reyd paytida qo’lga tushgan edi.

Qochqinlar o’zini uyg’ur deya tan olmay, turk deya tanishtirgan. Faollar nazarida uyg’ur oilalar Xitoyda hukumatning zolim siyosati, diniy bosimdan qochgan va deportatsiyadan qo’rqib millatini ham tan olgisi yo’q.

Inson huquqlari himoyasi bilan mashg’ul Human Rights Watch tashkiloti rasmiysi Fil Robertson oilalarni Xitoyga jo’natmaslik lozim, deydi.

Ularni vatanida sud va jazo kutayapti. Ayrim manbalar qochqinlarni terrorchi deya tamg’alashmoqda, holbuki gap asosan bolalar va ayollar haqida ketayapti, deydi u.

Ayrim faollarning aytishicha, qochqinlar Xitoy janubi-g’arbidan Vyetnamga, keyin Kamboja va Tailandga o’tgan. Oilalarning yakuniy manzili Malayziya bo’lishi kerak edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Tailanddagi uyg'ur qochqinlari