Sobiq chechen isyonchi Boston xurujiga aloqam yo'q deydi

  • Amerika Ovozi
AQSh federal qidiruv byurosi o’tgan Boston marafonida sodir etilgan portlashlarni tergov qilar ekan, voqeaga sobiq chechen isyonchisi aralashgani haqidagi taxminni tekshirmoqda.

Chechenistonlik Musa Xojimurodov isyonchilar safida jang qilgan, 2004-yilda Qo’shma Shtatlarga ko’chib ketgan.

Xojimurodovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, u 2006-yilda Bostonda Chechen jamoasi yig’inida Tamerlan Tsarnayev bilan uchrashgan.

Shundan beri yozishib yurganmiz, ammo din, siyosat yoki chechen urushi haqida gaplashgan emasmiz, deydi.

Tsarnayev 26-aprel kuni politsiya bilan otishmada o'lgan. Boston fojeasi tergov qilina boshlaganidan beri rasmiylarga bor ma'lumotni ochiq-oydin bayon qilganman, deydi Xojimurodov.

Aka-uka Tamerlan va Johar Tsanayevlar Bostondagi portlashlarda gumon qilinadi. Xurujda uch kishi halok bo’lib, 264 odam jarohatlangan edi.