Amerikada ko'proq hujjatsiz muhojir ushlanmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Immigratsiya va boj xizmati xodimlari

Barak Obama davrida joriy qilingan qonunlar bekor qilinganidan beri Amerikada ko'proq noqonuniy immigrantlar ushlanib, deportatsiya qilinmoqda. AQSh Immigratsiya va boj xizmati oxirgi raqamlarni e'lon qildi.

Prezident Tramp ishga kelganidan beri Amerikada immigratsiya qonunlarini buzgani uchun ushlangan odamlar soni 41 ming kishidan oshgan. O'tgan yili xuddi shu davr ichida 30 ming kishi hibsga olingan edi.

Jinoyatchi bo'lmagan, biroq hujjatsiz yurgan insonlar bular.

Immigratsiya va boj xizmatidan Deyvid Marinning aytishicha, asosiy e'tibor aynan jinoyatchilarda.

Biroq muhojirlar huquqlari himoyasi bilan mashg'ul idora rasmiysi Fransisko Moreno buni rad etadi. "Jinoyatchi bo'lmagan muhojirlar ham ushlanmoqda. 20 yil oldin immigratsion qoidalarni buzgan odamlar hibsga olinayapti. Bu adolatdan emas", - deydi u.

Tramp yanvarda ishga kirishganida birinchi qilgan ishlaridan biri aynan immigratsion qoidalarni o'zgartirish bo'ldi.

Saylov kampaniyasi paytida va prezidentlik davrida Tramp tez-tez immigrantlarni jinoyatchilarga tenglashtirdi va deportatsiyalarga zo'r berishga da'vat etib keladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 18-may, 2017-yil