AQSh elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019-2023 yillarda USAID O’zbekiston ta’lim tizimi rivoji uchun 40 million dollar sarflagan. Qo'shni davlatlarda ham sohama-soha shunga o'xshash ko'mak yetkazilgan.
Toshkent va Vashington - strategik sheriklar, deganda avvalo xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamjihatlik va ishonch nazarda tutiladi. Bu rishtalar o'tgan chorak asrda kuchaydi, turli siyosiy to'lqinlarga chidab berdi.
At a Washington event marking the 33rd anniversary of Uzbekistan’s Armed Forces Day, Uzbek and U.S. officials—both civil and military—recognized each other for fostering a strong relationship and maintaining close cooperation in defense and security.
Jonli efir: Vashington yaqinidagi aviahalokatda 67 kishi nobud bo'lgan. Qo'nish arafasidagi yo'lovchi samolyot va harbiy vertolyot to'qnashgan. Shuningdek, kelasi uch oy Amerika tashqi yordamni to'xtatgan.
Ashgabatda elchilik qilgan amerikaliklar nazarida Turkmaniston oldin ham Shimoliy Koreya emas edi, hozir ham u qadar totalitar tuzum emas. Yaqinda u yerda faoliyatini tugatgan Metyu Klimov bilan muloqot.
Metyu Klimov 2019-2024 yillarda AQShning Turkmanistondagi elchisi bo'lgan. U singari iste'fodagi diplomatlardan yana biri - Richard Hoagland 2007-2008 yillarda Vashingtonning Ashgabatdagi bosh diplomati bo'lgan.
Sadir Japarov davrida Qirg'iziston avtoritar tuzumga aylandi, deydi demokratiya tarafdorlari. Biroq Japarov siyosatini maqtayotganlar ham yo'q emas, xususan Bishkekda va Vashingtonda.
Markaziy Osiyo hukumatlari Tramp ma’muriyati bilan xavfsizlik, harbiy soha va texnologiya bo`yicha hamkorlik rivojlanishiga umid qilyapti.
"Amerika Ovozi" O'zbekistonda o'tgan yili ochilgan "Cold Stone Creamery" muzqaymoqlari, tort va ichimliklar taklif qiladigan tarmoq bilan tanishdi. Amerika kompaniyalari ularning bo'limlarini ochishga bel bog'laganlar bilan qanchalik hamkorlik qiladi? Ular qancha ish o'rini yaratmoqda? Bozor qanday?
Donald Tramp prezidentligi qanday qadamlar bilan boshlandi? Tashqi siyosat, xususan Markaziy Osiyoga yondashuv qanchalik o'zgarishi mumkin? Toshkentdan UzReport TV, Vashingtondan "Amerika Ovozi" muhokamasi.
Marko Rubio AQSh Davlat kotibi bo'lishga shaylanar ekan, Kaspiy siyosat markazi Donald Tramp va uning ma'muriyatini Markaziy Osiyo va Kavkazga yangicha ko'z bilan qarashga undamoqda. Ularga nisbatan umumiy siyosat yuritish taklifi olg'a surilmoqda.
Ko'proq...