Joriy byudjet 14-martgacha. Yangisi ma'qullanmasa, AQSh federal tizimi ishdan to'xtab qoladi. Buning oldini olish uchun Kongress yangi byudjetni ma'qullashi kerak.
Tramp Yevropa o'z xavfsizligi uchun ko'proq mablag' ajratsin desa, Makron Amerika rahbarini Rossiya bilan ehtiyot bo'lishga undagan.
Sud qaroriga ko'ra, Oq uyning AP axborot agentligiga cheklovi qonunga zid emas. AP Amerika ko'rfazi emas, Meksika ko'rfazi degani uchun jazolanmoqda.
Tramp ma'muryati AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatini isloh qilishda davom etar ekan, mamlakatdagi va chet eldagi 2000 ish o'rni yopildi.
Prezident Donald Tramp 19-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi postida AQSh Ukrainaga shu kungacha 350 milliard dollarga teng yordam bergan, deya da'vo qildi. Biroq Pentagon va boshqa tegishli organlar bergan raqamlar buni isbotlamaydi.
AQSh rahbari Donald Tramp Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiyni mamlakatni "saylovsiz boshqarayotgan diktator", deya ta'riflab chiqdi. Zelenskiy sal avval Trampni Rossiya dezinformatsiyasi ichida yashayotganlikda ayblagan edi.
AQShning Rossiya-Ukraina va Yaqin Sharq bo'yicha muzokaralarida Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon strategik rol o'ynamoqda.
Parijda London, Berlin, Rim, Varshava, Madrid, Amsterdam va Kopengagen, shuningdek, NATO, Yevropa kengashi va Yevropa komissiyasidan rahbarlar to'plandi.
Prezident Donald Tramp 12-fevral kuni imzo chekkan farmonga ko'ra, AQSh tashqi siyosatda bir ovozga ega bo'ladi va bu ovoz prezident belgilagan yo'lni aks ettiradi.
Gavayi shtatidan chiqqan 43 yoshli Tulsi Gabbard AQSh Milliy razvedka idorasi rahbari sifatida ish boshladi. Gabbard, Kongressning sobiq a'zosi, sobiq harbiy. Demokratik partiyadan ketib, o'tgan yili respublikachilarga qo'shilgan.
“Oq uy biror mediaga yangilikni qanday yoritishni yoki qanday ishlashni buyura olmaydi, bunga haqqi yo'q”, - deyiladi AQSh prezidenti idorasini yoritadigan muxbirlar uyushmasi raisi Yujin Daniels.
Senatda demokratlar to'rt qismdan iborat strategiya bilan chiqqan: qonunchilar nazoratini oshirish, masalani sudlarga oshirish, yangi qonunlar qabul qilish, xalqni ogoh qilish va harakatga undash.
Ko'proq...