Breaking News

"Aleksandr Sodiqov josus emas" - dunyo ilm ahli Tojikistondan adolat kutmoqda


"Aleksandr Sodiqov josus emas" - dunyo ilm ahli Tojikistondan adolat kutmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:26 0:00
Yuklab oling

Kanadaning Toronto universiteti doktoranti Aleksandr Sodiqov 16-iyun kuni Tojikistonning Tog’li Badaxshon muxtoriyatida hibsga olingan. Sodiqov asli shu yurtlik va bir necha yildan beri G’arbda yashaydi. Bu safar vataniga Britaniyaning Ekseter universiteti olib borayotgan ilmiy loyiha doirasida borgan, jumladan, Tog’li Badaxshondagi beqarorlik ortida turgan sabablarni o’rganish uchun. Proyekt Britaniya hukumati tomonidan moliyalangan. Sodiqov Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati kuzatuvidagi odamlar bilan uchrashgan, shuningdek, Britaniya elchixonasiga borib diplomatlar bilan so’zlashgan. Organlar uni olib ketganidan ikki kun o’tib, davlat televideniyesida Sodiqovning video bayonoti e’lon qilindi. Unda mahbus tergovchilarning savollariga javob berayotgani aks etadi. Sodiqov kim bilan uchrashgani, nima haqda gap ketganini tushuntirayotganini ko’rasiz. Tadqiqotchi maqsadi tadqiqot ekanini qayd etadi. Biroq Tojikiston hukumati talqinicha Aleksandr Sodiqov josuslikka qo’l urib, vataniga xiyonat qilayotgan bo’lishi mumkin. Bu ish yuzasidan hech kim aniq bayonot bermaydi, lekin bir necha rasmiylar ish jiddiy ekani va olim jinoiy ayblovlar bilan yuzlashayotganini tasdiqlagan. Sodiqov bilan yonma-yon ishlagan, uni uzoq yillardan beri taniydigan mutaxassislar Dushanbedagi ishlardan taajjubda.  Masala G’arb axborot vositalarida, internetda, xususan ijtimoiy tarmoqlarda qizg’in muhokamada. #freealexandersodiqov – “Aleksandr Sodiqovni ozod qiling” shiori ostida Amerika, Kanada, Britaniya, Fransiya, Germaniya, Qozog’iston va hatto Avstraliyada ilmiy va ommaviy yig’inlar o’tmoqda. Ulardan biri Jorj Vashington universitetida, AQSh poytaxtidagi nufuzli oliygohda tashkil qilindi.

XS
SM
MD
LG