Breaking News

Oliy Majlis saylovida xorijdagi fuqarolar uchun tanlangan nomzodlar kimlar?


Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko’ra, O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalar va konsulliklari qoshida jami 44 saylov uchastkasi ochilgan va ular Toshkent shahridagi 126-Temiryo‘lchilar saylov okrugiga biriktirilgan.

Saylov 21-dekabrda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman va shahar kengashlariga vakillar saylanadi. Respublika bo‘ylab 9 mingdan ziyod saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Jarayonni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining cheklangan missiyasi va O'zbekiston hukumati tomonidan alohida taklif qilingan mehmonlar kuzatishi kutilmoqda.

AQShning Toshkentda faoliyatini yakunlayotgan elchisi Jorj Krol "Amerika Ovozi" bilan so'nggi suhbatida yaqinlashayotgan saylovlar xususida shunday degan edi:

"Biz, albatta, saylovlarni kuzatamiz, undan oldingi jarayonlarni ko’zdan qochirmaymiz. Bu borada allaqachon bir necha uchrashuvlar va muloqotlarda bo’ldim. Oliy Masjisda, masalan, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi raisi va muovini bilan gaplashdim. Amerika yordam berishga tayyor. Saylovlar demokratik taraqqiyot bo’lishini, oldinga qadam tashlanishini xohlaymiz. Reja nima ekani haqida gaplashyapmiz. Fuqarolik jamiyati, mustaqil fuqarolik jamiyati vakillari bilan so’zlashdim. Jarayon qanday kechishi haqida odamlar fikrini o’rganayapmiz. O’zbekiston hukumati bu saylovlar bilan “demokratik taraqqiyot chuqurlashadi” deya bildirayapti. Ko’ramiz. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qanday yordam bera olishi mumkin – bu haqda gaplashayapmiz. Biz bu saylovlar siyosiy progress bo’lishini xohlaymiz. Nima bo’layotganini yaqindan bilishni, tushunishni istaymiz. Vaziyatga tik qaraymiz va baho beramiz."

Amerikada yashayotgan bo’lsangiz va fuqaro sifatida ovoz berishni istasangiz, Vashingtondagi elchixona va Nyu-Yorkdagi konsullik “marhamat” demoqda. Qay shtatda yashayotganingizga qarab, ulardan biriga murojaat qilishingiz, ro’yxatdan o’tishingiz va ovozni saylov kuni o’sha yerga borib berishingiz kerak bo’ladi. Uzoqdan turib ovoz berish imkoniyati mavjud emas.

Saylov siz uchun qanchalik muhim?

Ovoz bermoqchimisiz?

Nomzodlarni bilasizmi?

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Feruza Madaminova, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Rustam Tangaboyev, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Aziza Qosimova va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Azamat Ziyo. Nomzodlarning tarjimai xoli va maqsadlari bilan maqola ostidagi suratlarda tanishishingiz mumkin.

Biror nomzod chet eldagi yurtdoshlariga alohida murojaat bilan chiqqan emas. Xorijda ishlab, vatanidagi oilasini boqayotgan millionlab o‘zbekistonliklar haqida ular nimalar deyishayapti? Bilmaymiz.

Partiyalar va ularning platformalari haqida nima bilasiz?

Oliy Majlis ishini kuzatasizmi?

O‘zbekistonda qonunchilar faoliyatini qanday baholaysiz?

So‘nggi yillardagi qonunchilik haqida qanday fikrdasiz?

Senat nima bilan shug‘ullanadi, bilasizmi?

Qonunchilik palatasida qancha a’zo bor va ular qanday saylanadi?

Hozir siz yashayotgan davlatda O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligi bormi?

U yerga hech borganmisiz? Sizga qanday muomala qilishgan? Ishingiz bitganmi?

O‘zbekistonning chet eldagi fuqarosi sifatida konsullikda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turishingiz mumkin. Buni bilasizmi?

Hamma narsa baribir davlatga, uning tizimlariga va o‘z ovozingizga nisbatan ishonchga borib taqaladi, shunday emasmi?

Fuqaro nima uchun ovoz berishim kerak deb o‘ylashi tabiiy. O‘zbekistonda yashamayotgan bo‘lsam, qolaversa, hozirgi deputatlar o‘zi nimani qotirayapti?

O‘zbekistonliklarning dardi, fikr-qarashlaridan kelib chiqqan holda, masalan, Florida yoki boshqa biror shtatda yashayotgan yurtdoshning Vashington yoki Nyu-Yorkka kelib, Olij Majlisga mana bu odam saylanishini xohlayman deb ovoz berib ketishini tasavvur qilish qiyin. Yo bormi shunday niyatda yurganlar? Uzoq-yaqin shtatlardan kelib konsullikda ishini bitira olmay xunob bo‘lib ketayotganlar ko‘pligini bilamiz.

Yaqinda elchixonada kechgan davra suhbatida Vashington va Nyu-Yorkda yashab-ishlaydigan o'zbekistonlik yoshlar konsul va boshqa diplomatlarni savollarga ko‘mib tashladi. Konsul Sirojiddin Yaxshilikovning aytishicha, hujjatlar, xususan, pasport almashtirish bilan bog‘liq jarayon osonlashib bormoqda va ko‘p ishni internet va elektron pochta orqali bitirsa bo‘ladi.

Biror hujjat uchun murojaat qilayotgan odam avvalo saytga kirib, nima zarurligini bilib olsin va konsullikka tayyor holda kelsin, deydi u. Uzoq joydan “ishim bir kunda bitar” deb tavakkal qilib kelish aqldan emas.

Gapning po‘stkallasi - biometrik pasport olishning eng ma’qul yo‘li hamon vatanga borib kelishdir. Konsulxona orqali olish uchun avval doimiy yashash joyingizni chet elga ko‘chirishingiz kerak. Ana undan keyingina yangi pasport uchun hujjat topshirasiz.

Saylov va sizning ovozingizga qaytadigan bo‘lsak, diplomatlarning tushuntirishicha, elchixonaning vazifasi - chet elda yurgan fuqaro ovoz bermoqchi bo‘lsa, sharoit yaratib berish. Ovoz berish yoki bermaslik esa fuqaroga havola. Saylovda qatnashmaslik jinoyat emas, qatnashish - huquq va burch. Huquqdan foydalanish va burchni ado etish - o‘zimizning ishimiz. Foyda va zararini ham o'zimiz ko‘raveramiz.

Aytgancha, xorijda qancha o'zbekistonlik borligi mavhum. Turli rasmiy va norasmiy manbalarga asoslanib, ularni bir necha million deymiz. Bugun bu yurt vakillari yetib bormagan davlat bo'lmasa kerak. Amerikada bugungi kunda 200-300 ming atrofida o'zbek yashaydi deb taxmin qilamiz. Lekin ular orasida umrida O'zbekistonda yashamagan yoki bu davlat fuqarosi bo'lmaganlar bor.

Feruza Madaminova, Xalq demokratik partiyasidan
Feruza Madaminova, Xalq demokratik partiyasidan
Rustam Tangaboyev, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan
Rustam Tangaboyev, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan
Azamat Ziyo, "Milliy tiklanish"
Azamat Ziyo, "Milliy tiklanish"
Aziza Qosimova, Liberal-demokratik partiyadan
Aziza Qosimova, Liberal-demokratik partiyadan
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG