Qirg’izistonda saylovoldi kampaniyalari yakunlandi. 15-oktabr, yakshanba kuni o’lka mamlakat prezidentini saylaydi. Oliy lavozim uchun 11 nafar da'vogar kurash olib bormoqda. Rasmiylar nomzodlar hamda saylovchilar uchun qonunda ko’rsatilgan barcha shart-sharoit yaratilganini ta’kidlaydi. Ayni paytda betaraf tahlilchilar ma’muriy resurslarni qo’llash, saylovchilar ovozini sotib olishga urinish, davlat tasarrufidagi axborot vositalarining bir tafarlama chiqishlar qilayotgani kabi holatlar keng tus olganini qayd qilmoqda.