Breaking News

Tojikistonda g'arblik sayyohlarni kim o'ldirdi?


Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Hamro Rahimzoda bilan matbuot anjumani, Dushanbe, 30-iyul, 2018

Tojikiston janubida ro’y bergan mudhish voqea – g'arblik veloturistlarning qasddan mashinada urib o’ldirilishi mamlakatda turlicha taxminlarga sabab bo’lmoqda, ammo rasmiylar hali aniq bahoni berishmagan.

Tojikistonda chet ellik turistlar o'ldirilgani nimadan darak?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:07 0:00
Yuklab oling

Xatlon viloyati, Dang’ara nohiyasi tog’li yo’llarida AQSh, Niderlandiya va Shveysariya veloturistlariga qilingan suiqasd mamlakat kuch tizimlarining favqulodda holatga keltirilishga sabab bo’ldi.

Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda voqeaning ikkinchi kuni bergan bayonotida turistlar o’limiga sababchi bo’lganlar qo’lga olinganini va ayrimlari qo’lga olinish chog’ida qurolli qarshilik ko’rsatgani uchun zararsizlantirilganini ta’kidlagan.

"Olib borilgan amaliy tadbirlar natijasida ulrdan biri qo’lga olindi, qurolli qarshilik ko’rsatgani esa o’sha yerda nobud qilindi. Qochqinda bo’lgan yana uch kishini qo’lga olish uchun barcha choralar ko’rilmoqda," - dedi ichki ishlar vaziri.

Hozirga kelib ma’lum bo’lmoqdaki, gumon qilinganlardan to’rt kishi qo’lga olinib, to’rttasi qarshilik ko’rsatish vaqtida yo’q qilingan.

Tojikistonda 2018-yili hukumat tarafidan turizm va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili deb e’lon qilingandi. Shunday yilda turistlarga qasddan uyushtirilgan suiqasd oldindan tayyorlangan reja ekanligi hozir kundek ravshan bo’lmoqda, bu haqda respublika ma’murlari ham aytib o’tishmoqda.

Mahalliy ekspert Anatoliy Hayimshoyev aytadiki, yoshlar qo’li bilan uyushtirilgan bu mudhish ish chetdan tayyorlangan.

"Yevropadan taniqli tojik jurnalisti Mirzo Salimpur Dang’arada xorijlik sayyohlarga qilingan xurujga javobgarlikni “Islomiy davlat” terroristik tashkiloti o’z bo’yniga olganligini ma’lum qildi. Ko’rinib turibdiki, bu terroristik tashkilot chetdan turib Tojikistonda anchagina ta’sir doirasiga ega ekan. Modomiki, yoshlarni shu darajaga olib borishgan ekan, bunga g’oyatda jiddiy qarash kerak. Masala ancha jiddiy va uzoq izlanishlarga, chuqur tadqiqotlarga asos beradi, buni yaxshilab tahlil etish zarur", - deydi ekspert.

Janubda notinch Afg’oniston, sharqda uyg’ur terroristlari, ichkarida yoshlar ishsizligi va qashshoqlik… bundan tashqi kuchlar foydalanishi turgan gap,-deydi Anatoliy.

Xo’jandlik o’zbek olimi Ilhom Yusupov voqeaga hali aniq baho berishga erta, ehtimol bu terroristik tashkilot hisobida respublikada ta’qiqlangan islom uyg’onish partiyasi rahbari Kabiriyning ishidir, ehtimol shunchaki qurollangan bosqinchi yoshlardir der ekan, respublika obro’siga raxna soluvchi xunuk ish bo’ldi deb aytadi.

"Buni terakt deydigan bo’lsak, manimcha bu anavi Kabiriyning bolasini jo’natmaganiga o’g’li ham qilgan bo’lishi mumkin, aytib bo’lmaydi. (TIUP rahbari Kabiriyning bemor nevarasi chetga davolanishga chiqarilmayotganligiga shama qilingan) Qidiruvning o’zi buni ko’rsatadi, lekin buni kop ham aytishmasa kerak. Chunki bu yerda hali qidiruv ketmoqda, buni hali darrov e’lon qilishmaydi, chuqur o’ylashadi, yetti o’lchab bir kes deganlaridek. Terakt bo’lsa, terakt deydi, yo bezorilikmi, bosqinchilikmi, boshqasinimi aytishar. Bu yilni turizm taraqqiyoti yili deb e’lon qilishgandi, bu ish endi katta dog’ bo’ladi. Ertaga turizmi ham taqqa-taq to’xtaydida. Bu terrormi, bosqinchilikmi, hali aniqmas. Bosqinchilik desak, unaqa bosqinchilik qilishmaydi, aytishmayapti-ku turistlarni pulini o’g’irlaganmi, baribir yo’lda odamlar bo’lganku, biladi-ku, ko’radi-ku bittasimas bittasi. Ularning (turistlarni bosib ketganlar) qurollanganini aytishmoqda, yo’l-transport hodisasiga o’xshamaydi bu! Lekin bu degani osoyishtalik yo'q degani emas, bunaqa voqealar Yevropada ham, Amerikada ham bo’lyapti, odamlarni ustiga mashina haydab ketgani, maktablarda o’nlab o’quvchilarni otganlari bor, tabiiy hol bu, kriminal bo’lib turadi. Lekin bundan foydalanishadi, mintaqada turizm rivojiga raxna solinadi, investorlarning kirib kelishiga to’siq qo’yiladi. Bu yana qo’shni davlatlar bilan munosabatlarga ham ta’sir o'tkazadi, bu tabiiy. Qo’shnilarni ehtiyotkor qiladi, hushyorlikka undaydi, ularni sergakligi oshadi. Agar shunaqa davom etaversa har qanday qo’shni o’z tinchligini himoya qilish maqsadida turli xil choralar ko’radi, umumiy siyosatda bu xunuk ish baribir. Ko’pam teraktga o’xshamayapti, agar terakt bo’lganda ishni qilganlar darrov in-iniga kirib ketishardi",- deydi Yusupov.

Ikki fuqarosi halok bo’lgan AQShning Tojikistondagi elchixonasi hozir hodisa tergovida mahalliy hukumat idoralari bilan hamkorlikda ishlamoqda, zarur bo’lganda ko’makka tayyor.

Tojikiston rahbari Emomali Rahmon AQSh prezidentiga ta’ziyasida sodir bo’lgan voqeani vahshiylik deb baholagan va ishni o’z shaxsiy nazoratiga olgan, poytaxt Dushanbeda muhim davlat idoralariga kuchaytirilgan alohida posbonlar qo’yilgan.

Tahlilchi Anatoliy AQSh rasmiylarining hodisaga vazminlik bilan qarayotganini yuqori baholar ekan, bunda G’arbning mintaqaga xos qiziqishini ko’radi.

"AQShning Tojikistondagi elchixonasi bu teraktga nisbatan, buning terror ekanligi esa barchaga kundek ravshan, juda bosiqlik va odob doirasida ehtiyotkorlik bilan qarayotgani ularning mintaqa davlatlariga xos qiziqishini anglatadi. G’arb uchun Markaziy Osiyo davlatlaridagi tinchlik hozir juda muhim, chunki ayni hozirda O’zbekistondagi tub o’zgarishlar sabab region integrasiyasi uchun yaxshi poydevor qo’yilmoqda. O’lka birligi va taraqqiyoti esa qo’shni Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishiga xizmat qiladi. Yana AQSh rasmiylarining mintaqada 5+1 loyihasi borligini hisobga olsak, Tojikistondagi beqarorlik hech qachon G’rab siyosatiga mos tushmaydi", - deydi Hayimshoyev.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG