Breaking News

#VOAThinkForward: Yoshlar, global muhokamada qatnashing!


#VOAThinkForward: Yoshlar, global muhokamada qatnashing!
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:38 0:00

#VOAThinkForward: 8-avgust kuni Vashington vaqti bilan 10-11 orasida "Amerika Ovozi" global jonli dastur berib, unda yoshlar oldidagi bugungi imkoniyat va muammolarni muhokama qiladi. Biz uni shu yerda havola etamiz. Ko'rsatuv ingliz tilida. E'tibordagi asosiy masalalar: iqtisodiy imkoniyatlar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, yoshlarning siyosiy faolligi.

Mamlakatingizda hozir ish topish qanchalik oson yoki qiyin?

Oliy ta'limniing roli qanchalik?

Texnologiya hayotingizga qanchalik ta'sir qilmoqda?

Terrorizm sizni qanchalik xavotirga soladi?

Yoshlar ekstremist guruhlarga qiziqib qarashini kuzatasizmi?

Siyosat deganda nimani tushunasiz?

Mamlakatingizdagi siyosiy hayotni qanday tasvirlaysiz?

Tengdoshlaringiz siyosiy masalalarga qanchalik qiziqadi?

Siyosatchilarga ishonasizmi?

Yoshlarni siyosiy faollikka undash kerak deb hisoblaysizmi?

Biz dunyo yoshlariga shunday savollar bilan murojaat qilayapmiz. Javobni istasangiz ingliz tilida yozing yoki o'zbek tilida. Jonli dastur davomida ularni o'qib beramiz va muhokama qilamiz. Kutamiz!

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG