Breaking News

Oliy Majlis a'zosi: O'zbekiston dunyoviy tuzum bo'lib qoladi


MP Akmal Saidov: What is religious freedom in Uzbekistan?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:59 0:00

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a'zosi, yetakchi qonunchi va inson huquqlari bo'yicha milliy markaz rahbari Akmal Saidovning 25-iyul kuni Vashingtondagi Milliy matbuot klubida qilgan nutqi. Tadbirda O'zbekistonda e'tiqod erkinligi qay ahvolda ekani muhokama qilindi. Tafsilotlar bilan shu saytda tanishish mumkin.

Din va e’tiqod erkinligi sohasida shakllangan quyidagi an’analarni sanab o’tish lozim:

O’zbekiston tarixan irqlar, konfessiyalar va madaniyatlararo bag’rinkenglik hukmronlik qilgan mamlakat sanaladi. Darhaqiqat, Vatanimizda turli diniy konfessiyalar, millatlar, madaniyatlar va tillar vakillari asrlar mobaynida tinch-totuv yashab kelmoqda.

O’zbekistonda tarixan ko’plab diniy konfessiyalardan iborat jamiyat shakllangan bo’lib, turli dinlarning munosabati o’zaro bag’rikenglik va ehtiromga asoslangan. Biz tarixiy taraqqiyotimizning ana shunday ustuvor qonuniyatini yuksak baholaymiz. Yurtimizda tinchlik va diniy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yagona model ishlab chiqilgan.

Zamonaviy O’zbekiston dunyoviy davlat sanaladi. O’zbekiston Konstitutsiyasida diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilishi kafolatlangan. Diniy tashkilotlarning o’zaro daxlsizligi va tengligi qonunlarda belgilangan. Barcha diniy jamiyatlar, a’zolarining sonidan qat’iy nazar, teng huquq va erkinliklarga ega. Shuningdek, O’zbekiston Konstitutsiyasida diniy asosga ega siyosiy partiyalarning tuzilishi taqiqlangan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, diniy tashkilotlarga hech qanday davlat vazifasi yuklanmaydi, diniy tashkilotlar yoki ateizmni targ’ib qilishga qaratilgan harakatlar faoliyatiga homiylik qilinmaydi.

O’zaro hamohanglik va diniy bag’rikenglik O’zbekiston siyosatining ustuvor tamoyillaridan. Barcha huquqlar Konstitutsiya va qonunlar, shuningdek, inson huquqlari bo’yicha xalqaro majburiyatlarimiz doirasida kafolatlangan. 16 ta diniy konfessiyalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Turli dinlarga e’tiqod qiladigan 130 ga yaqin milliy kamchilikni tashkil etuvchi qatlamlar o’zaro tenglikda yashaydi. Dinlararo munosabatlar o’zaro hurmat va tinchlikka asoslangan bo’lib, O’zbekiston tarixida diniy nizolarga asoslangan mojarolar kuzatilmagan.

Ma’lumki, 2017-yili oktabr oyida BMTning maxsus elchisi Ahmad Shahid O’zbekistonda bo’ldi. Uning hisoboti Jeneva Inson Huquqlari Bosh Kommissariati tomonidan chuqur o’rganib chiqildi. Berilgan tavsiyalarni amalga tadbiq etish yuzasidan O’zbekiston parlamentining ikki palatasi: Qonunchilik palatasi va Senat tarafidan “yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.

Bizning yaqin kelajakdagi rejalarimiz, avvalo, dinlar va millatlararo tenglik va erkinlikni ta’minlashning zamonaviy tamoyillarini ishlab chiqish hamda alohida muammoli mamlakatlar ro’yxatidan chiqishga qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda, diniy tashkilotlar faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, diniy tashkilotlarning ro’yxatdan o’tishini liberallashtirish hamda ularning faoliyati yuzasidan hisobotlarini soddalashtirishdan iborat.

Ikkinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy xalqaro hujjatlari asosida din mavzusida qo’shma seminar tashkil etish. Xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlari to’g’risidagi konvensiya ham muhokama qilinishi kerak. Bugungi auditoriyaning fikr va mulohazalaridan kelib chiqib, Diniy tashkilotlar to’g’risidagi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqishga bag’ishlangan tadbirni tashkil etishga chaqiraman.

Bizning bugungi kundagi dolzarb muammolarimizdan biri qabul qilingan qonunar amalga tadbiq qilishdan iborat. Xulosa o’rnida nemis yozuvchisi Utening gaplarini keltirmoqchiman: “Har bir muammoning yechimi – yangi muammodir”. Biz ham mavjud muammolar yechimi ustida ishlashimiz lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG