Breaking News

O'zbekiston: Diniy erkinlik yoki ekstremizm?


Uzbekistan: Religious Freedom vs Extremism
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:07 0:00

Uzbekistan: Religious Freedom vs Extremism

25-iyul kuni Vashingtondagi Milliy matbuot klubida o'tgan tadbirda O'zbekistonda e'tiqod erkinligi qay ahvolda ekani muhokama qilindi. Toshkentdan kelgan delegatsiyaning rasmiy nutqlaridan keyin savol-javob bo'ldi. Tadbir tafsilotlari bilan shu saytda tanishish mumkin.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Xavfsizlik, Islom madaniyati va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir 3 ta savol bilan murojaat qilmoqchiman. O’zbekistonda hijob kiyish va soqol qo’yish mavzulari ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, aholi o’rtasida qizg’in muhokama qilinadigan mavzu. Hukumatning bu boradagi munosabati qanday? Diniylik nuqtai nazaridan qizil chiziq qayerda tortilgan? Diniy erkinlik chegarasi qayerda yakun topadi?

Ikkinchidan, har biringiz qanday va qaysi yo’ldan ildamlash borasida ochiq muloqotlar mavjudligini ta’kidladingiz. Mamlakatda real legitim oppozitsiya mavjud bo’lmagan sharoitda odamlarning tanqidiy fikrlarini bayon etish uchun ekstremistik guruhlar faoliyatiga intilishi so’z va vijdon erkinligi uchun muqobil platforma sifatida qabul qilinishi ehtimoli Sizlarni tashvishlantiradimi?

Doktor Saidov, Sizga maxsus savolim bor. Qonunchi hamda Inson huquqlari markazi rahbari sifatida diniy erkinlikni ta’minlash bilan bir qatorda dunyoviylikni targ’ib qilishning muvaffaqqiyatli yo’llari nimalardan iborat deb hisoblaysiz?

Ruslanbek Davletov, Adliya vaziri: O’zbekistonda soqol qo’yishni cheklaydigan hech qanday yuridik talab yo’q. Jumladan, hijob kiyishni taqiqlashga doir ham hech qanday qonuniy normalar mavjud emas. Biroq O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida jamoat joylarida diniy libosda yurish mumkun emas degan modda bor edi. Afsuski, diniy libos konkret nimalardan iboratligi borasida xilma-xil qarashlarning yuzaga kelganligi bois, mazkur modda qayta ko’rib chiqilmoqda. Yangi qonun normalari qog’ozda qay tarzda o’z aksini topishi haqida ayni paytda aniq fikr bildirolmayman, chunki bu hali tugallanmagan aktiv jarayon.

Yevropa mamlakatlari tajribasi hamda xalqaro standartlarga tayangan holda aytish mumkunki, ayollarning yuzlarini to’liq yopiq holda jamoat joylarida yurishi xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlanadi. Zamonaviy informatsion texnologiyalar ham odamlar shaxsini yuz ko’rinishi orqali aniqlaydi. Luksemburgda Yevropa Sudida aynan shu mavzudagi sud ishlari ham ko’rib chiqilgan, biroq sudlar hukumatlar diniy liboslarni xavfsizlik nuqtai nazaridan nazorat qilishini yoqlagan. Shuningdek, O’zbekiston ham xalqaro huquq normalariga amal qiladi.

Senator Sodiq Safoyev: Men Sizning oppozitsiya va ekstremizmning yonma-yon o’sishi ehtimoli haqidagi fikringizga qo’shilmayman. Aksincha, demokratiyani mustahkamlash ekstremizmga qarshi kurashning samarali yo’lidir. Ekstremizm – siyosiy muholifat emas. U huquqiy maydon tashqarisidagi harakat.

Siyosiy muholifat va real demokratiyaning yo’qligi beqarorlik holatini yuzaga keltirishi mumkun. Odamlar biror bir adolatsizlik yoki korrupsiyaga o’xshash muammolar yuzasidan o’z fikr va munosabatlarini ifodalay olmagan taqdirda ekstremistik harakatlarga moyillik tug’iladi. Ekstremizm ochiq jamiyat va siyosiy hayot bo’lmagan jamiyatda ildiz otadi. Aminmanki, O’zbekiston siyosiy partiyalari, nodavlat tashkilotlari xalqning xohish-irodasi bilan hamohang harakatlanib ekstremizmning yuzaga kelishiga imkon qoldirmaydi. Bugungi kunda xalqning, aynan yoshlar qatlamining fikrlarini tegishli organlarga yetkazuvchi kanallar mavjud bo’lib, aholi va hukumat o’rtasida interaktiv muloqot joriy qilingan. Xulosa qilib aytganda, demokratiya va ochiq jamiyat diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashning eng samarali yo’lidir.

Deputat Akmal Saidov: Ma’lumki, O’zbekiston dunyoviy jamiyat, dunyoviy sud, dunyoviy ta’limni joriy qilish tarafdori. O’zbekistonda din siyosatdan ajratilgan. Diniy munosbatlarda qonun ustuvorligi tamoyillariga tayaniladi. Dunyoviy jamiyatda dinlararo tenglik, vijdon erkinligi, diskriminatsiyadan holi e’tiqod uchun huquqiy zamin yaratilishi lozim. Biz maxsus elchi Ahmad Shahidning shu boradagi tavsiyalarini to’liq qo’llab-quvvatlaymiz.

Birinchidan, Diniy ishlar bo’yicha qo’mita tarkibida mazkur masala bilan shug’ullanadigan maxsus kengash tashkil etildi.

Ikkinchidan, “Dunyoviy davlat, zamonaviy bosqichda uni joriy qilish tamoyil va mexanizmlari” mavzusida maxsus tadbir tashkil etiladi.

Uchunchidan, O’zbekiston aholisi o’rtasida diniylik va diniy bag’rikenglik mavzusida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, davlat organlari xodimlariga tegishli vazirliklar bilan birga dunyoviylik mohiyatini tushintirib berishga qaratilgan seminarlar o’tkaziladi. Diniy OAV jurnalistlarining milliy ittifoqini tuzish ham ko’zda tutilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG