Breaking News

AQSh hukumati qisman ishdan to'xtab qoldi


Vashington

Prezident Donald Tramp va Kongress orasida kelishmovchilik davom etar ekan, hukumatning bir qismi 22-dekabrdan ishdan to'xtadi, chunki tizim uchun xarajatlar tasdiqlanmagan.

Oq uy qonunchilardan Meksika bilan chegarada devor qurish uchun moliya ajratishni talab qilmoqda. Senatorlar bunga rozi emas. Sarfiyat rejasida devor uchun albatta pul bo'lishi kerak, aks holda Tramp bu hujjatga imzo chekmoqchi emas.

Bunday ziddiyat natijasida xavfsizlik, huquq-tartibot, soliq va transport tizimlari ishdan to'xtab qoladi. 400 mingga yaqin federal xizmatchilar maoshsiz qoladi. Parklar va boshqa jamoat joylari berk turadi. Yangi yil arafasida bunday holat davlatga milliardlab dollar zarar keltiradi.

"Devor uchun moliya yo'q degan Kongress bilan ishlash mumkin emas. Hukumat ishdan to'xtasa, buning uchun o'zim javob beraman", - deya qayd etmoqda Tramp.

Demokrat liderlar fikricha, Prezident Tramp bilan kelishib bo'lmaydi
Demokrat liderlar fikricha, Prezident Tramp bilan kelishib bo'lmaydi

3-yanvardan Vakillar palatasi demokratlar qo'liga o'tadi. Senat esa respublikachilar iznida qoladi. Trampning maqsadi ungacha devor uchun pul olish. Meksika bilan chegarada yangi to'siq barpo etish uning prezidentlik va'dalaridan biri.

Bu borada murosaga shay ekanini ko'rsatish uchun prezident bu hafta "arzonroq devor", ya'ni temir nayzali panjara qurilishi mumkinligi haqida e'lon qildi. Lekin bu bilan u Kongress e'tiborini qozona olmadi.

O'z partiyasi a'zolari, respublikachilar Trampni mas'uliyatsizlikda ayblamoqda. Ular nazarida prezident asossiz sharti bilan butun tizimga tahdid qolmoqda.

Xarajatlarni ma'qullovchi hujjat, xususan devor uchun 5,7 milliard dollar ajratuvchi qonun loyihasi Vakillar palatasida ovozdan o'tgan. Lekin Senatda uning uchun yetarlicha ovoz yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG