Breaking News

Sherzod Kudbiyev: Gap islohotlar tezligida emas, samarasida


O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, Vashington, 6-fevral, 2019
O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, Vashington, 6-fevral, 2019

Bugungi O'zbekistonda hukumat nafaqat fuqarolar bilan balki xalqaro hamjamiyat, xususan tanqidiy taraflar bilan yuzma-yuz o'tirib, og'ir muammolarni muhokama qilishga, birga yechim qidirib, jahon tajribasidan o'rganishga moyil, deydi respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev. Lekin muammolar cheksiz.

Sherzod Kudbiyev: O'zgarishlar qilish uchun tarixiy imkoniyat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:35:27 0:00

Muammolar cheksiz, deydi u, biroq ularni birma-bir hal etish uchun iroda yetarli. Islohotlarni sekin deya baholaydiganlar ko'p, ichkarida ham, tashqarida ham.

Vashingtonda AQSh hukumati, xalqaro tashkilotlar va majburiy mehnatga qarshi "Paxta kampaniyasi" bilan muzokaralar olib borgan Kudbiyev "Amerika Ovozi" bilan muloqotda qator masalalarni muhokama qildi.

2018-yilgi paxta terimi qanday kechdi?

Qancha odam dalaga haydaldi?

Ichki ishlar xodimlari va harbiylar o'z xohishi bilan terimga chiqishi mumkinmi?

Xalqaro Mehnat Tashkiloti va "Paxta kampaniyasi" xulosalariga O'zbekiston hukumati qanday munosabatda?

AQShdagi muzokaralar nima haqda bo'ldi?

Paxta sanoati qay tarzda xususiylashadi?

Klaster tizimi deganda nima nazarda tutiladi?

Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tizim yangilana oladimi?

Islohotlar ko'lami va tezligi kimga va nimaga bog'liq?

Vazirliklar bu borada qanchalik yakdil?

Xalqaro hamjamiyat O'zbekistondagi o'zgarishlarni nimaga qarab baholashi kerak?

Tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG