Breaking News

AQSh Mehnat vazirligi: O'zbekiston paxtasi bolalar mehnati mahsuli emas


O'zbekiston paxtasi endi bolalar mehnati mahsuli emas, deya xulosa qilmoqda AQSh Mehnat vazirligi.

O'tgan yoz boshlangan tekshiruv natijasida bugunga kelib, bu mamlakat paxta dalalarida bolalar zo'rlab ishlatilmayapti, deb topilgan.

Vazirlik bu borada O'zbekiston hukumati, inson huquqlari tashkilotlari, Vashingtonda asoslangan "Paxta kampaniyasi" xalqaro koalitsiyasi bergan hisobotlarni o'rganib chiqqan.

Bu qarorning ahamiyati shundaki, Amerikaning biror kompaniyasi yoki tashkiloti majburiy yoki bolalar mehnati evaziga yetishtirilgan mahsulot bilan ishlay olmaydi.

1999-yilda joriy etilgan tartibga binoan, bolalar mehnati kuzatiladigan davlatlar bilan aloqa cheklanishi kerak.

O'zbekiston paxtasini "qora ro'yxat"dan chiqarish respublika bilan hamkorlikni osonlashtiradi.

Vashington: O'zbekiston paxtasi yuzasidan qaror
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:11 0:00

"Amerika Ovozi" bilan muloqotda O'zbekiston rasmiylari, xususan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev va majburiy mehnatga qarshi kurash bo'yicha yetakchilik qilib kelayotgan Tanzila Norboyeva, Bosh vazir o'rinbosari, respulikada bu muammo bartaraf etilishi yo'lida konkret choralar ko'rilmoqda, deydi.

Lekin "Paxta kampaniyasi" nazarida hozirgacha erishilgan yutuqlar majburiy mehnat batamom yo'q qilindi, degani emas. Aksincha, deydi bu koalitsiya a'zolari, muammoni hal etish harakati hali ham sust yoki ko'p hollarda xalqaro hamjamiyat ko'zi uchungina qilinmoqda.

O'zbekistondagi islohotlarni olqishlayotgan va jarayonlarni quvvatlashga bel bog'lagan AQSh Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi respublikaga bildirilayotgan ishonch va bu hukumat bilan erishilgan kelishuvlar mamlakatni oldinga yetaklayveradi va kattaroq qadamlar tashlanaveradi, degan umidda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG