Breaking News
Din

Fransiyada islomofobiyaga qarshi namoyish o'tkazildi


Parij ko'chalarida islomofobiya va musulmonlarga qarshi diskriminatsiyaga chek qo’yish talabi bilan namoyish bo'lib o'tdi. 10-noyabr, 2019-yil.

10-noyabr kuni Fransiya poytaxti Parij va mamlakatning boshqa shaharlarida islom dini va musulmonlar himoyasi uchun minglab aholi namoyishga chiqdi. Ular G’arbiy Yevropada keskin tus olgan islomofobiya va musulmonlarga qarshi diskriminatsiyaga chek qo’yishni talab qilgan.

Tadbirda ishtirok etgan Muhammad singlisi Hadicha bilan fransuz jamiyatida ahil va inoq yashayotganini aytadi. Biroq u diskriminatsiyaga uchrayotganidan arz qiladi. Muhammad bo’sh ish o’rinlariga murojaat qilsa, ismini o’zartirish talab qilinayotganini bildirdi.

O’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, har o’n musulmondan to’rt nafari diniy tazyiqqa uchramoqda. Nomusulmon aholi ishtirok etgan yana bir so’rovga ko’ra, qatnashchilarning 60 foizi islomni fransuz qadriyatlariga zid deb baholagan.

Islomga qarshi kayfiyat keskinlashib bormoqda. Xususan, oktabr oyida Fransiyaning janubi-g’arbidagi masjid yaqinida ikki nafar musulmon otib ketilgan.

Fransiyaning konservativ senati o’rangan ayollarning farzandlari bilan maktab tadbirlarida ishtirok etishini taqiqlovchi normani tasdiqladi. Quyi palata buyuk ehtimol bilan buni yoqlamaydi. Biroq ultra o’ngchi qonunchilardan biri mahalliy hokimiyatga kelgan musulmon ayoldan ro’molini yechishni talab qilgan. Kompyuter muhandisi Vafo ham yopinchig’i tufayli ishsiz qolayotganini ma’lum qildi.

Namoyishda nomusulmon aholi ham qatnashdi. Biroq tadbir bahsli munozaralarga sabab bo’lgan. Ayrimlar namoyishni fundamentalistik xarakterga ega deb baholagan. So’lchi siyosatchilarning ayrimlari namoyishda ishtirok etmaslikni afzal ko’rgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG