Breaking News

Afg’onistonda saylov mashmashasi avj olmoqda


Prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla Kobulda tarafdorlari orasida, 10-noyabr, 2019

Afg’onistonda 28-sentabr kuni o’tkazilgan prezident saylovi jiddiy muammolar bilan yuzlashmoqda. Mustaqil saylov komissiyasi 300 ming ovozni qayta sanash yuzasidan qaror qabul qilgan. Nomzodlar norozi.

Abdulla Abdulla ovozlarni qayta sanash ishi to’xtatilishini so’ramoqda.

“Mustaqil saylov komissiyasi o’z erkinligini saqlasin”,- deydi u.

Andulla Prezident Ashraf G’anini soxtakorlikka ayblamoqda.

2014-yilda Abdullani quvvatlagan lekin bu galgi saylovda G’anining birinchi o’rinbosari sifatida ko’rsatilgan Amrulla Solih esa uni tuzilajak hukumatga qo’shilishga harakat qilayotganlikda ayblaydi.

Yana bir nomzod, Rahmatulla Nabil BMT va ASQh elchixonasini saylov muammolariga “befarq” deya tanqid qilib chiqdi.

U G’anini Tolibon bilan til topishib, qudratda qolishga urinayotganini iddao qiladi.

Prezident buni inkor etmoqda.

Prezidentlikka da’vogar Gulbiddin Hikmatyor deydiki, saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan ovozlarning 44 foizi soxta.

Hikmatyorning ta’kidlashicha, saylovning birinchi bosqichida hech bir nomzod yetarlicha ovoz to’play olmagan. Ikkinchi bosqich esa vaqtinchlik hukumat tomonidan o’tkazilishi kerak, deydi u.

Shuningdek, saylov komissiyasning 21 viloyatdagi idoralari Abdulla Abdulla tarafdorlari tomonidan yopib qo’yilgan.

Juzjon universitetidan Najibulla Ismatiy nazarida, saylov inqirozga duch kelgan taqdirda o’ta jiddiy muammaolar yuzaga chiqishi mumkin.

U, saylov ichki nizolarga sabab bo’lishi mumkinligidan tashvishda.

“2014-yilda ham saylov shunday muammoga duch keldi. Lekin yangi hukumat saylov natijasiga binoan emas, AQSh vositachiligi bilan tuzildi. Lekin bu safar “Milliy birdamlik” hukumati tuzilishi ehtimoli zaif, yomon voqealar yuz berishi mumkin”,- deydi suhbatdosh.

Uning fikricha Afg’oniston saylovi tashqi kuchlar uchun ahamiyatli emas.

“Ta’sir o’tkazuvchi xorijiy davlatlar saylovga asoslanib emas, o’zlari xohlayotgan odamni davlat rahbari etib tayinlashi mumkin. Yangi rahbar maslahat yuzasidan almashishi ehtimoli kuchli”, - deydi u.

Prezidentlikka intilayotgan Gulbiddin Hikmatyor
Prezidentlikka intilayotgan Gulbiddin Hikmatyor

Jamoatchi faol Zalmay Aziziy:

“Mustaqil saylov komissiyasi nomzodlar, kuzatuvchi tashkilotlar va xalq e’tiroziga asosan, ovozlarni qayta sanash ishini to’xtatishi lozim”.

Saylovning boshlang’ich natijalari 14-noyabr kuni e’lon qilishi kutilmoqda. Lekin komissiya a’zolaridan biri, Mavlono Abdulla, saylov natijalari yana kechiktirilishi mumkinlini bildiradi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG