Breaking News

Erdog'an Vashington safaridan nimalarni umid qilmoqda?


Tramp-Erdog'an uchrashuvidan nimalar kutilyapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

Shu hafta Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an Vashingtonda Prezident Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu ikki davlat o’rtasidagi mavjud ziddiyatlarni yumshatish uchun yana bir imkoniyat bo’lishi aytilmoqda.

Prezident Erdog’an va Tramp o’rtasidagi muloqotda Suriyadagi harbiy amaliyot va kurdlar taqdiri asosiy o’rin egallashi kutilyapti.

Anqara kurd bo’linmalarini terrorchi deb ataydi. Vashington uchun ular terrorga qarshi kurashda ittifoqchi.

Bu orada AQSh Kongressi Turkiyaga yangi sanksiyalar qo’yishi haqida ogohlantirmoqda. Vashingtondagi uchrashuv ikki NATO a’zosi munosabatlaridagi o’ta nozik bir pallaga to’g’ri kelmoqda.

“Ikki davlat o’rtasidagi muammolarning ro’yxati uzun. Aloqalar hech qachon hozirgidek yomon bo’lmagan. Turkiyaning Suriyaga kirishi va bunga AQSh e’tirozi ham alohida masala. Vaziyat juda qaltis”, - deydi tadqiqotchi Asli Aydintashbash.

O’zaro ziddiyatlarga qaramay, ikki mamlakat rahbarlari iliq aloqalarga ega ekani aytiladi. Anqara shundan umidvor.

“Tarixiy sammit har ikki tomon uchun foydali bo’ladi. Men ijobiy natija kutyapman. Ikki tomon o’rtasida yangi yechimlar, yangi yondashuvlar taklif qilinadi”, - dedi Turkiya prezidenti maslahatchisi Mesut Jashin.

Ammo, deydi ba’zi kuzatuvchilar, ziddiyatlarni yechishda faqat Tramp shaxsiga bog’lanish qaltis.

“Anqaraning katta strategik xatosi shuki, u butun munosabatlarni Prezident Trampga, bitta odamga, uning tvitlariga bog’lab qo’ydi. Bu juda qaltis yo’l. Bu xuddi bir necha asrlik rus ruletkasi o’yiniga o’xshaydi”, - deydi Aydintashbash.

Erdog’an AQShning so’nggi rusumdagi qiruvchi samolyotini sotib olishdan umidvor. Anqara Rossiyadan “S-400” mudofaa tizimini sotib olishi ketidan Tramp samolyot savdosini to’xtatib qo’ygan edi.

Tashrif payti Erdog’an AQShdan “Patriot” raketalarini sotib olishni ham taklif qilishi mumkin.

Agar Tramp bilan uchrashuv kutilgan natijani bermasa, Anqara Moskvaga yuzlanishi mumkinligi haqida ishora qilgan.

“Bunday tahdidlar mavjud ekan, Turkiya AQSh bilan samarali hamkorlikni davom ettira olmaydi. Bundan foyda yo’q. Bu vaziyatdan kim yutadi? Rossiya va Xitoy”, - dedi Jashin.

Suriyada allaqachon Turkiya va Rossiya askarlari hamkorlik qilmoqda.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyani qo’llashda davom etmoqda. U Erdog’anning Vashingtonga safarini ham yaqindan kuzatishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG