Breaking News

Pompeo Yaqin Sharqqa nisbatan hozirgi siyosatni tushuntirdi


Mayk Pompeo, AQSh Davlat kotibi
Mayk Pompeo, AQSh Davlat kotibi

Davlat departamentida jurnalistlar bilan muloqot qilgan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bugungi siyosatni tushuntirar ekan, Eron hukumatini qoraladi.

Tehronda hukumatdan norozi fuqarolar namoyishda
Tehronda hukumatdan norozi fuqarolar namoyishda

Eron

Pompeo deydiki, Vashington islomiy davlat rahbariyatiga dunyodagi eng qonxo'r hukumatlardan biri deb qaraydi. Norozilik namoyishlarini kuch bilan bostirishga urinayotgani, deydi Pompeo, Tehrondagi rahbarlar qanchalik qo'rqoq ekanidan dalolat.

Eronda internet tiklanishi kerak, dunyo hammasini kuzatib turibdi, deya qo'shadi u.

Tramp ma'muriyati xulosasiga ko'ra, Eron uranni boyitishni to'xtatmagan. 2019-yilning 15-dekabridan binoan Amerika hukumati Barak Obama prezidentligi davrida bekor qilingan sanksiyalarni qayta kuchga kiritdi. Eron zarracha ham uranni boyitmasligi shart. Shundagina balki sanksiyalar olinishi mumkin, deydi Pompeo.

Bag'dodda hukumatga qarshi namoyishlar
Bag'dodda hukumatga qarshi namoyishlar

Iroq

Vashington Bag'dod va boshqa shaharlarda hukumatdagi korrupsiya va adolatsizlikka qarshi namoyishlarni quvvatlaydi. AQSh Iroqda demokratik kuchlar tomonda, deydi Davlat kotibi.

Shu bilan birga, Amerika harbiylari Iroq qurolli kuchlari bilan terrorizmga qarshi kurashni davom ettiradi. "Islomiy davlat"ga qarshi operatsiyalar tinmagan.

AQSh Iroqqa eng ko'p insonparvarlik yordami berayotgan davlat bo'lib, o'tgan besh yil ichida 2 milliard dollardan ortiq qiymatda oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshpana bilan ta'minlagan.

500 dan ortiq maktab, 100 kasalxona, 50 joydagi ichimlik suvi inshooti tiklangan.

Vashington Iroqning qator rasmiylarini korrupsiyada ayblab, jazo choralari qo'llamoqda. Namoyishchilarning qoni to'kilishiga hissa qo'shgan amaldorlar ham sanksiya bilan yuzlashadi, deydi Pompeo. Sanksiyalar din, etnik kelib chiqish yoki qabila tanlamaydi, deydi u. AQSh nazarida kim yulg'ich va zolim bo'lsa, jazolanadi.

Isroil harbiylari va Falastin ahli yuzma-yuz, G'arbiy sohil
Isroil harbiylari va Falastin ahli yuzma-yuz, G'arbiy sohil

Isroil

Tramp ma'muriyati Iordan daryosining G'arbiy sohilidagi yahudiy aholi punktlarini himoya qiladi. Obama prezidentligi davrida bu posyolkalar noqonuniy deya xulosa qilingan edi. Lekin Pompeoning aytishicha, AQSh bugun bunday pozitsiyada emas.

Falastinliklar nazarida bu qanchalik adolatsiz bo'lmasin, Isroil hukumatining yangi qurilish loyihalari uning qonunlariga va xalqaro qonunlarga zid emas, deydi Davlat kotibi.

G'arbiy sohil maqomini esa Isroil va Falastin rahbarlari hal qiladi, Amerika bu borada betaraf, deydi u. Tomonlar muzokara boshlashi lozim, tinchlik shuni talab etadi, deya bayon qildi Pompeo. Vashington yordamga hozir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG