Breaking News

Tolibon AQSh va avstraliyalik ikki professorni ozod qildi


Tolibon tutqunligidan ozod qilingan ikki professor
Tolibon tutqunligidan ozod qilingan ikki professor

Tolibon 19-noyabr kuni uzoq vaqt hibsda bo'lgan ikki g'arblik mahbusni ozod qildi. Buning evaziga avvalroq Tolibonga aloqador yuqori martabali uch qo'mondon qo'yib yuborilgan edi.

Isyonchi guruhdagi manbalarning aytishicha, amerikalik Kevin King va avstraliyalik Timoti Uiks Janubiy Zabul viloyatidagi qamoqxonadan ozod qilingan. Kobuldagi Amerika universiteti professori bo'lgan bu ikki shaxs 2016-yil avgust oyida og'irlab ketilgandan beri Tolibon qamog'ida edi.

Tolibon bilan mahbuslarni almashish bo'yicha erishilgan kelishuv bo'yicha, dastlab, Tolibonga aloqador "Haqqoniy" tarmog'i yetakchisining ukasi Anas Haqqoniy, Tolibon qo'mondonlari Hoji Malik Xon va Hafiz Rashid ozod qilindi. Shundan bir necha soat o'tib amerikalik va avstraliyalik ikki asir ham ozodlikka chiqarilgan. Tolibonga aloqador uch asir 2014-yildan beri Afg'oniston hukumati hibsxonasida edi.

Mahbuslarni almashish bo'yicha kelishuvga erishilganini Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani o'tgan hafta e'lon qilgan edi. Maqsad isyonchi guruh bilan tinchlik muzokaralarini qayta tiklash ekani aytilmoqda.

2003-yil AQSh Afg'onistonga bostirib kirgandan beri mamlakatda urush tingani yo'q. Hokimiyatdan ag'darilganiga qaramay, Tolibon qarshi hujumlarni to'xtatgani yo'q. Guruhni batamom yenga olmagan xalqaro koalitsiya so'nggi yillarda iyonchi guruh bilan tinchlik kelishuvini tuzishga urinmoqda.

AQSh Prezidenti Donald Tramp shu yil sentabr boshida Tolibon vakillari bilan AQShda belgilangan uchrashuv bekor qilinganini e'lon qilishi ortidan muloqot boshi berk ko'chaga kirib qolgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG