Breaking News

Iroqda xavfsizlik kuchlari 20 namoyishchini otib o'ldirgan


Bag'dod, 28-noyabr, 2019
Bag'dod, 28-noyabr, 2019

Iroq poytaxti va janubiy qismlaridagi namoyishlarda xavfsizlik kuchlari 20 fuqaroni otib o'ldirgan, oxirgi 24 soat ichida. Eronning Najafdagi konsulligiga o't qo'yilgan.

Hukumat odamlarni namoyishlarni bas qilishga undab, yashil zonadan uzoqlashishga chaqirmoqda. Yashil zona - hukumat o'tiradigan maxsus hudud. Lekin fuqarolar hukumatga qarshi namoyishda.

Rahbariyat idoralariga olib boradigan ko'chalar va ko'priklardan olomon politsiya va boshqa xizmatchilarni quvib, nazoratni o'z izniga olishga urinmoqda.

Najafda Eron diplomatlariga zarar yetmagan, lekin vakolatxona vayron qilingan.

Iroqda norozilik chiqishlari 1-oktabrda boshlangan edi. Namoyishchilarga ko'ra, hukumat korrupsiyaga asoslangan, qonunlar ishlamaydi, adolat yo'q, qolaversa rahbariyat Eron ta'siri ostida ish ko'radi.

Najafdagi manzara
Najafdagi manzara

Hukumat kuchlari hozirgacha kamida 350 fuqaroni o'ldirgan. Qo'zg'olonchilarni tarqatish uchun xavfsizlik organlari ko'zni yoshlantiruvchi gaz va boshqa moddalar ishlatmoqda.

Hukumat Iroq ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni oshirib, ularga yangi talablar qo'ya boshlagan. Erkinlik bo'g'ilmoqda, deydi jurnalistlar. AQSh Bag'dodni matbuotni ezmaslikka chaqirmoqda.

Bu hafta Bag'dodda yuz bergan portlashlarni "Islomiy davlat" o'z bo'yniga olgan. Besh kishi o'lgan.

Basra, Nosiriya va Najafda ham vaziyat tang. Komendant soatlari belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG