Breaking News

Otabek Obloqulov kim edi?


Otabek Obloqulov kim edi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

Otabek Obloqulov yaqinda Amerika fuqarosiga aylangan edi. AQShda bilim olib, o'zini turli sohalarda sinab ko'rib, bu xalq ichida o'ziga xos ishonch va obro' qozongan yigit hali 40 yoshga ham yetmagan edi. Saxiy, mehnatkash va kamtarin edi. Texasda vatandoshlar jamoasini tuzish orzusida edi.

Yaqinda Amerika fuqarosiga aylangan Otabek Obloqulov bu mamlakatda bilim olib, o'zini turli sohalarda sinab ko'rib, o'ziga xos ishonch va obro' qozongan yigit edi. Hali 40 yoshni ham ko'rmagan Otabek 27-noyabr kuni Kanada osmonida qulagan samolyotni boshqarayotgan edi. Bortda uning oilasi - rafiqasi va uch farzandi, shuningdek, ikki qarindoshi - yosh juftlik - bor edi. Otabekni vatandoshlari saxiy va bag'rikeng inson sifatida tilga olishadi. Mehnatkash, samimiy va kamtarin. Chikagodagi O'zbek-Amerika uyushmasida faol edi. Yillar davomida turli tadbirlarga homiylik qilib kelayotgan bo'lsa-da, bu borada maqtanish u yoqda tursin, hatto boshqalar bilishini ham istamas edi. Otabek Texasda vatandoshlar jamoasini birlashtirish orzusida edi. "Amerika Ovozi" u bilan shu yilning boshida Chikagodagi vatandoshlar tadbirida muloqot qilish sharafiga muyassar bo'lgan edi. Mana o'sha video, to'liq holda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG