Breaking News

"Amerika Ovozi" rahbaridan muxlislarga murojaat


"Amerika Ovozi" rahbaridan muxlislarga murojaat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:18 0:00

"Jurnalistlarimiz va ijodiy jamoamiz sog’lig’i va xavfsizligi qanchalik dolzarb bo’lmasin, biz axborot berishda davom etamiz – ishonchli, faktlarga asoslangan, xolis xabarlarni. Sizning hayotingiz uchun ahamiyat kasb etadigan mavzularni yoritaveramiz."


"Bu murojaatni sizga uyimdan qilayapman, chunki o’zim va hamkasblarim, tashkilotimiz xodimlari hozir asosan uydan turib ishlamoqda. Maqsad koronavirus tarqalmasligi uchun iloji boricha harakat qilish. Salomatlik – eng muhimi.

Jurnalistlarimiz va ijodiy jamoamiz sog’lig’i va xavfsizligi qanchalik dolzarb bo’lmasin, biz axborot berishda davom etamiz – ishonchli, faktlarga asoslangan, xolis xabarlarni. Sizning hayotingiz uchun ahamiyat kasb etadigan mavzularni yoritaveramiz.

Favqulodda vaziyatga qaramay dasturlarimizni davom ettirayapmiz. Efirdamiz va tun-u kun internetda informatsiya uzatayapmiz. Lekin ayrim hollarda ba’zi ko’rsatuvlarimiz va eshittirishlarimiz tartibi sal o’zgarishi mumkin. Bu borada ham sizni xabardor etib turamiz.

Sizga va oilangizga sihat-salomatlik va omad tilaymiz! Muxlisimiz ekaningiz uchun katta rahmat! Biz shu yerdamiz."

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG