Breaking News

AQShda millionlab o’quvchi uyda ta'lim olmoqda


Koronavirus: Vashingtonda bolalar qanday ta'lim olyapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:28 0:00

Koronavirus tufayli bugun mamlakatda millionlab o’quvchi uyda. Poytaxt Vashingtonda ham 16-martdan beri o’quvchilar internet orqali ta'lim olmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli AQShda maktablar va ta'lim dargohlari yopildi. Millionlab o’quvchi uyda, lekin o'qish to'xtatilmagan. Poytaxt Vashingtonda masofaviy ta’lim avvaliga 1-aprelgacha deb e’lon qilingan bo’lsa-da, mamlakatda vaziyat keskinlashishi ketidan bu muddat 24-aprelgacha cho’zildi.

Xo'sh, poytaxtda masofaviy ta’lim qanday kechmoqda? Uydan turib ham ishlash, ham farzandining o’qishiga ko’maklashish, vaqtini to’g’ri tashkillashtirish ota-onalarga qiyinchilik tug’dirmayaptimi?

O’qituvchilarchi? O’quvchilarni masofadan turib, o’qishga jalb etish mushkul emasmi? Barcha oilalarda ham masofaviy ta’lim uchun zarur texnik asbob-uskuna yetarlimi? Bir maktab misolida shu savollarga javob qidirdik.

“Men poytaxt Vashingtondagi maktablardan birida 4-5 yoshli bolalarni o’qitaman. Bolalarni o’qitish bo’yicha bizni o’ylantirayotgan savollar ko’p. Masalan, biz o’qituvchilarni o’ylantirayotgan birinchi savol shuki, hamma axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganmi? Axir, aksariyat ishlar onlayn tarzda olib boriladi endi”, - deydi Garrison boshlang’ich maktabi o’qituvchisi Ilayza Hamner-Keynig. - Kolumbiya okrugida masofaviy ta’lim uchun o’quvchilarni zarur texnologiya bilan ta’minlash maqsadida 4,6 million dollar ajratildi. Coscast internet provayderi kam ta’minlangan oilalarni ikki oylik bepul internet xizmati bilan ta’minlamoqda. O’quvchilarimga tayyorlayotgan har bir mashg’ulotim hech bo’lmaganda telefonda ochilishi kerak, chunki ko’pchilikda hech bo’lmaganda telefon bor”.

“Men Merch nomidagi boshlang’ich maktabda 3-sinfda o’qiyman. Koronavirus tufayli maktabga bormayapmiz. Uyda turib, ta’lim olyapmiz va bu menga juda yoqyapti, - deydi o'zbekistonlik maktab o’quvchisi Daminjon Ahmedov.

Ilayza Hamner-Keynig yangi sharoitga moslashayotganini, ammo bu o'ziga xos qiyinchiliklar ham tug'dirayotganini aytadi:

"Men mana hozirgina birinchi masofaviy mashgulotimni tayyorladim. Eng avvalo, bolalar bilan doimiy muloqotda qolmoqchiman. Sababi, kichik yoshdagi bolalar doimiy muloqotda bo’lgan kishisi bilangina o’zini xavfsiz his etadi. Shu sabab “Zoom” dasturidan foydalangan holda video tayyorladim. O’qituvchilar uchun bepul foydalanish imkonini yaratib berishgan.

Maktabda ertalablari muntazam o’tkazadigan an’anaviy mashg’uotlarni video orqali o’tkazyapman. Kitob o’qib, so’ng savollar so’rayman, fikrini so’zlar bilanmi, rasm bilanmi, qog’ozga tushirib, so’ng suratga olib, menga jo’natishini so’rayman, shu tariqa ularning ishlarini tekshirib boraman.

Har bir bosqich sinf uchun masofali ta’lim bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ota-onalar farzandlari bilan shug'ullanishlari uchun ham toplam tayyorladi. Bu jamlamani istasa maktabdan, istasa onlayn olishlari mumkin.

Shu o’rinda aytish kerak, ota-onalar oldida ham o’ziga yarasha muammolar mavjud. Ba’zi ota-onalar hali ham doimiy ish joylariga borib ishlamoqda. Ishga bormasa, kirim yo’q, bu yana muammo keltirib chiqaradi. Ba’zi ota-onalar uyda qolib ishlayaptilar, bu esa bir vaqtning o’zida farzandiga qarashi kerak degani. Ham ishlab, ham farzandi bilan shug’ullanish oson emas.

Barcha oilalarda o’quvchilar tahsil olishini qo’llab-quvvatlash uchun ta’lim resurslari bo’lishini istayman. Shu bilan birga hamma majburiyat ota-onalarda qolib ketishini ham istamayman. Chunki, ular bir vaqtning o’zida ham uydan turib ishlab, ham farzandlariga qaramoqda.

O’quvchilarimni ota-onasiga o’xshab biz ham 4-sinfda o’qiydigan 10 yashar o’g’limizning o’qishlarini nazorat qilib borishga intilyapmiz. Ochig’ini aytsam, birovning bolasini o’qitish osonroq, ta’limni maktabdagi o’qituvchilaridan olgan ma’qul. Shunday holatda ham, og’limizning ham o’qishini, ham ruhiy barkamolligini muvozanatda ishlab turishga tirishmoqdamiz. Ziddiytli vaziyatlar chiqsa, to’gri hal qilishga intilamiz”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG