Breaking News

Tramp ta'lim dargohlarini qayta ochishga chaqirmoqda


Oq uy, Vashington, 13-may, 2020

Amerika farzandlari darslarga qaytsin, deydi Prezident Donald Tramp bugun Oq uyda gubernatorlar bilan uchrashar ekan. Yosh avlod o'qishi kerak, deydi u.

“O'quv dargohlarini oching", - dedi Tramp, Kolorado va Shimoliy Dakota shtatlari rahbarlari bilan muloqotda.

“Koronavirus bolalarga qattiq ta'sir qilmadi. Lekin qaror sizniki".

Pandemiyaga qarshi choralarni qachon yumshatib, shtatlarni qayta ochish masalasi gubernatorlar iznida. Oq uy ularga yordam berishga tayyor.

Kaliforniya shtati joriy o'quv yilini yopgan va maktablar, kollej hamda universitetlar sentabrgacha ochilmaydi. Ko'plab boshqa shtatlarda ham shunday qarorga kelingan. Poytaxt Vashingtonda ham o'xshash vaziyat.

Lekin Prezident Tramp fikricha, ochilish haqida jiddiy o'ylash kerak.

Biroq Oq uyning yetakchi virusolog maslahatchisi Entoni Fauchi Kongress va shtat rahbariyatlarini shoshmaslikka, vaziyatni izchil o'rganib, bosqichma-bosqich choralar ko'rishga undamoqda. Aks holda, deydi u, virus qaytib, yanada keng qanot yozishi mumkin.

“Bolalar umuman xavf ostida emas deb o'ylash noto'g'ri", - deydi Fauchi.

Tramp bu fikrdan yiroq.

Kolorado shtati
Kolorado shtati

Professorlar va o'qituvchilar balki ishga qaytishga shoshmasligi kerak, lekin yosh avlod o'qimay o'tirishi nomaqbul, deydi prezident.

Vitse-prezident Mayk Pensning matbuot kotibi Keyti Miller virusga chalingan va izolyatsiyada, biroq ishini davom ettirmoqda.

Kolorado shtati gubernatori Jared Polis har tomonlama o'ylab, tahlil qilib, xulosa qilinadi, deydi.

Shimoliy Dakota shtati gubernatori Dag Burgum deydiki, kasallik testlari - asosiy masala. Shtatda bizneslar deyarli yopilmadi va zarar ko'lami past.

Amerikaning yirik tabiat zonalari qayta ochilish arafasida.

Sog'liqni saqlash mutasaddilari infeksiya hamon keng ekanini eslatib, pandemiya eng qattiq kelgan Nyu-Yorkda virusni yuqtirish hollari ozaygan bo'lsa-da, ehtiyot choralaridan chekinmang, deya ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG