Breaking News

C5+1: AQSh-Markaziy Osiyo muloqotida Afg'oniston va koronavirus asosiy mavzular


Virtual muloqot. C5+1 formatidagi muloqotning oldingi sessiyasi Toshkentda shu yilning 3-fevral kuni kechgan edi

C5+1 diplomatik muloqoti - Markaziy Osiyoning besh davlati hamda AQSh orasidagi dialog. Navbatdagi sessiyada Vashington, Toshkent, Nursulton, Bishkek, Dushanbe va Ashgabatdan bosh diplomatlar regional masalalarni virtual muhokama qildi. Bundan oldingi uchrashuv Toshkentda shu yilning 3-fevral kuni kechgan edi.

Davlat kotibi Mayk Pompeo, Vashington, 30-iyun, 2020
Davlat kotibi Mayk Pompeo, Vashington, 30-iyun, 2020

Muloqotda Vashingtondagi idorasida o'tirib ishtirok etgan AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashganidan mamnun.

"AQSh Markaziy Osiyoning bu besh respublikasi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlashda davom etadi", - deydi Pompeo.

Uning qayd etishicha, Amerika C5+1 formatidagi dialogga ulkan umidlar bog'lagan va mintaqa bilan hamkorlikda o'zaro maqsadlarni amalga oshirishiga ishonadi. Dialogga 2015-yilda, Barak Obama prezidentligi va Jon Kerri Davlat kotibligi davrida, asos solingan.

Vashington bu yildan e'tiboran yangilangan strategiya asosida harakat qilmoqda. Unga ko'ra, Afg'oniston ham Markaziy Osiyoning ajralmas qismi. Bu davlatda tinchlikka erishish uchun AQSh mintaqa bilan bamaslahat ish yuritadi, deydi diplomatlar.

Bugungi video muloqotdan region bosh diplomatlari ham mamnun ekanini bildirishgan. Jumladan, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov.

Bu dialogda odatda bosh diplomatlar o'z davlatlarining regional masalalar yuzasidan pozitsiyasini bayon qilib, fikr almashadi. Afg'onistondagi vaziyat va koronavirusga qarshi kurash bu safar kun tartibidagi asosiy mavzular bo'ldi.

C5+1 dialogi, 30-iyun, 2020
C5+1 dialogi, 30-iyun, 2020

Davlat departamenti so'zlovchisi Morgan Ortagus deydiki, muloqotga Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo'yicha muovini Deyvid Xeyl raislik qilgan.

Davlat kotibi Pompeo o'z murojaatida xavfsizlik, Afg'onistonda barqarorlik yo'lida turgan to'siqlar, shuningdek, Markaziy Osiyoda savdo va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish xususida gapirgan. Amerika har jihatdan ko'makka tayyor va davlatlarni yaqindan tinglagan holda ish ko'radi, degan u.

Pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va ta'minoti haqida so'z ketgan. Hukumatlar oldilaridagi eng asosiy vazifa bugun koronavirus iskanjasidan chiqish va o'tgan oylar ichida ko'rilgan iqtisodiy zararni bartaraf etib, savdo va ishlab chiqarishni qayta oyoqqa turg'azish ekaniga urg'u bergan.

Abdulaziz Komilov, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri
Abdulaziz Komilov, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mintaqaviy birdamlik ahamiyatiga to'xtalib, Afg'onistonda tinchlikka erishish uchun Mirziyoyev ma'muriyati qo'ldan kelgan barcha qadamlarni tashlashini ta'kidlagan. Uning so'zlariga ko'ra, Toshkent diplomatiya kuchiga ishonadi; afg'on xalqini quvvatlashda davom etib, aloqalarni mustahkamlayveradi.

C5+1 muloqoti kechgan kun Toshkentda AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod boshliq delegatsiya ham mehmon bo'ldi.

Halilzod regional dialogga ham qo'shilib, Afg'onistondagi xatti-harakatlar haqida gapirgan. Mintaqa hukumatlariga AQSh bilan bu borada ishlayotgani uchun rahmat aytgan.

Tashqi ishlar vazirligidan tashqari delegatsiya O'zbekiston Oliy Majlisi, Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligida ham bo'lib, AQSh-O'zbekiston-Afg'oniston siyosiy va iqtisodiy hamkorligi borasida loyihalar va tashabbuslarni muhokama qilgan. Halilzod bilan Toshkentga AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler ham borgan.

Chingiz Aydarbekov, Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri
Chingiz Aydarbekov, Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri

C5+1 muloqotida Qirg'ziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov mintaqaviy transport va kommunikatsiya tizimlarini taraqqiy ettirish eng dolzarb vazifalardan biri, deya ta'kidlagan.

Aydarbekov xalqaro avtomobil magistrallari va temir yo'llar barpo etish, logistika markazlari ochish va tranzit bilan bog'liq infrastrukturalarni yangilash zarurati haqida gapirgan.

Muxtar Tleuberdi, Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri
Muxtar Tleuberdi, Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri

Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi esa e'tiborni investitsiya zaruratiga qaratgan.

Amerika sarmoyasi va texnologiyasiga talab katta ekanini aytar ekan, Ostona xalqaro moliya markazi regional xizmatga tayyor, degan Tleuberdi.

Sirojiddin Aslov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri
Sirojiddin Aslov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov koronavirusga qarshi kurash, xususan, C5+1 guruhining iqtisod va ekologiya bo'yicha ishchi guruhlari oldidagi vazifalar to'g'risida so'zlagan.

Aslov pandemiyaning yangi to'lqinlarini bartaraf etish uchun birgalikda ko'proq choralar ko'rish kerak, deya undagan.

Rashid Meredov, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri
Rashid Meredov, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Afg'onistondagi muammolarni hal etishda BMT yetakchilik qilib, tinchlik muzokaralari uchun ham aynan BMT asosiy platforma sifatida xizmat qilishi kerak, degan. Ashgabat azaldan bu taklifni olg'a surib keladi.

Shuningdek, Meredovga ko'ra, Turkmaniston Amerika bilan aloqani kuchaytirish bilan birga mintaqa davlatlari, jumladan, Afg'oniston bilan transport, savdo, energiya va sog'liqni saqlash sohalarida hamkorlikni oshirishga shay.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG