Breaking News

Dusov: Xitoy qardosh xalqni ezmoqda, biz nega jim?


Turkiy davlatlar uyg'urlar taqdiri yuzasidan nega hamon jim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:35 0:00

Turkiy davlatlar uyg'urlar taqdiri yuzasidan nega hamon jim?

Xitoy Shinjon muxtoriyatida, uyg'urlar Sharqiy Turkiston deb atovchi hududda "tug’ish yoshidagi ayollarini bichish amaliyotini o’tkazmoqda". Mintaqadagi vaziyatni o’rgangan xalqaro tadqiqotchilar shunday ma'lumot bermoqda.

Pekin bu xulosani inkor etib, izlanishlarni "uydirma" deb atagan.

Ammo Sharqiy Turkistondagi vaziyatni bevosita o’rgangan xitoyshunos mutaxassis Adrian Zenz o’tkazgan tadqiqot natijalari xalqaro jamoatchilikni jiddiy xavotirga solib, qator davlatlar BMTdan mustaqil tergov o’tkazishni so'ramoqda.

Uyg'urlar taqdiri global masala sifatida qaraladi. AQSh yaqinda ularni himoya qiluvchi qonun kuchga kirdi.
Uyg'urlar taqdiri global masala sifatida qaraladi. AQSh yaqinda ularni himoya qiluvchi qonun kuchga kirdi.

Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa turkiy dunyo, xususan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi uyg’urlar masalasida odatdagidek sukutda.

Biroq jamoatchilik orasida, jumladan O’zbekistonda so’nggi yillarda uyg’urlar taqdiriga doir munosabat jonlangan va odamlar Xitoydan kelayotgan xabarlardan kuchli xavotirda ekanini yashirmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol Qobul Dusov deputatlik paytida Prezident Mirziyoyevga uyg'urlar kechayotgan azob-uqubatlarga befarq bo'lmaylik, deya murojaat qilgan edi. “Amerika Ovozi”ning Dusov bilan muloqoti yuqoridagi videoda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG