Breaking News

O’zbekiston 10-iyuldan 1-avgustgacha qattiq karantin ostida


Toshkent ko'chalarida
Toshkent ko'chalarida

Koronavirusga qarshi maxsus komissiya qaroriga ko’ra, O’zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari kuchayadi:

  • Transport harakati cheklanadi
  • Davlat organlari faoliyatiga ta’sir etmagan holda mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distantsion tarzda) tashkil etiladi
  • Davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlanadi, videokonferentsiyalar o‘tkaziladi
  • Hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlanadi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
  • Tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi
  • To‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazish taqiqlanadi
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklanadi
  • Parklar va istirohat bog‘laridagi attraktsionlar yopiladi
  • Buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar yopiladi
  • Sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar yopiladi
  • Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar yopiladi
  • Umumiy ovqatlanish obyektlari yopiladi (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno)
  • Sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari yopiladi
  • Xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi
  • Xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi
  • Sanoat va yirik qurilish obyektlari to‘liq karantinga olinadi
  • Bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi
  • Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi
  • Karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi. 10 kun muddatda koronavirus infektsiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi.
  • Test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi. Kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi. Uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG