Breaking News

Shveysariya Gulnora Karimovaning muzlatilgan hisobidan 131 million dollarni O'zbekistonga qaytarishga rozi


Fransiya, 22-may, 201

Shveysariya va O'zbekiston orasidagi so'nggi kelishuvga ko'ra, Gulnora Karimovaning muzlatilgan hisobidan 131 million dollar vataniga berilishi mumkin. Rasmiylarga ko'ra, bu kelishuv hali yuridik kuchga emas, asosiy shart - pul O'zbekiston xalqi ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti, xususan aholi turmushini yaxshilash uchun ishlatilishi kerak.

O'zbekiston sobiq rahbari Islom Karimovning katta qizi moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, unga tegishli bank hisoblari va mulklar 2012-yildan boshlab muzlatilgan.

Gulnora Karimova qariyb yetti yildirki, qamoqda. Avvaliga uy qamog'ida edi, keyin turmaga ko'chirilgan. Bir necha bor sudlangan. Har safar aybdor deb topilgan. Bosh prokuratura har yili unga nisbatan yangi ayblovlar haqida e'lon qiladi. Yopiq o'tayotgan sudlar haqida tizim hisobot bermaydi.

Shveysariya banklarida Gulnora Karimovadan musodara qilingan yana kamida 715 million dollar borligi ma'lum. O'zbekiston ularni ham olishi mumkin.

Biroq Shveysariya u mablag'ni ham yuqoridagi shartlar asosida berishi mumkinligini bildirgan, ya'ni pul O'zbekiston xalqi hayotini osonlashtirish uchun sarflanishi kerak.

Biroq bu sarfiyat qanday nazorat qilinadi? Kim mas'ul bo'ladi? Kim jarayonni tekshirib turadi? Kim kimga hisobot beradi?

Bu borada O'zbekiston hukumati hali biror bayonot yoki ma'lumot bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG