Breaking News

Vaksina saylovdan oldin chiqmaydi


Kaliforniyadagi laboratoriyalardan birida
Kaliforniyadagi laboratoriyalardan birida

Amerika rahbari Donald Tramp prezident saylovigacha koronavirusga qarshi vaksina chiqadi, deya bong urib kelayotgan edi. Hozirga kelib, buning iloji yo'qligi tan olinmoqda.

"Pfizer" yetakchi farmasevtika kompaniyasi yaratgan vaksina uchun shu kunlarda ruxsat olishi kutilayotgan edi. Lekin "Pfizer" buning uchun noyabr oyi oxirlarida murojaat qilishga qaror qilgan.

Yana ikki vaksina yaqin kelajakda chiqish arafasida, deydi olimlar, lekin yaqin kelajak - kamida shu yilning oxiri.

Mutaxassislarga ko'ra, Prezident Tramp bu borada shoshib gapirib qo'ygan. Ilm ahli qattiq harakatda, lekin izlanishlar vaqt va sabr-qanoat talab qiladi.

Oq uy vaksina chiqishi bilan uni zudlikda tarqatishga tayyor ekanini eslatib turibdi.

Demokrat Jo Bayden prezidentlikka saylansa, bu borada o'z rejasiga ega.

Prezident Tramp fikricha, muammo siyosatda.

"Menimcha, vaksina saylovdan oldin chiqishi kerak", - deya tvit qildi prezident.

"Ammo siyosiy o'yinlar sabab chiqarishmayapti. Saylov o'tishi bilan chiqarmish".

"Pfizer" rahbari Albert Burla deydiki, vaksina samarasi shu oy oxirida aniq bo'ladi, ammo qanchalik xavfsiz ekani haqida xulosa qilish uchun kamida yana bir oy zarur.

"Xavfsizlik biz uchun hamisha birlamchi masala", - deydi Burla.

"Pfizer" vaksinani Germaniyaning "BioNTech" kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratgan va uni yangicha vosita, innovatsion mahsulot, deya ta'riflaydi. Sinovlarda 40 mingga yaqin bemor qatnashmoqda.

AQSh hukumatiga ko'ra, vaksinalarni favqulodda tasdiqlash jarayoni ishlab chiqilgan. Lekin amaliyotda qatnashayotganlarning kamida yarmini oxirgi dozadan keyin ikki oy mobaynida kuzatish kerak. Salbiy ta'sirlar haqida yetarlicha xulosa qilinishi lozim. Ana shundan keyingina ruxsat uchun murojaat qilsa bo'ladi.

AQShning "Moderna'" kompaniyasining ham vaksinasi noyabr oxirlarida tayyor bo'lishi kutilmoqda.

"Johnson & Johnson" vaksina sinovlarini vaqtincha to'xtatgan
"Johnson & Johnson" vaksina sinovlarini vaqtincha to'xtatgan

Ikki kompaniya esa sinovlarni to'xtatishga majbur bo'lgan.

"AstraZeneca" va "Johnson & Johnson" bemorlar kasallangani bois shunday qarorga kelgan. Sabablar o'rganilmoqda.

Hukumat yuqorida qayd etilgan kompaniyalarga buyurtma berib, allaqachon millardlab dollar to'lab qo'ygan.

Vaksina chiqa boshlashi bilan birdaniga hamma ta'minlanmaydi. Avvalo sog'liqni saqlash tizimi xodimlari, keksalar va virus end ko'p tahdid soladigan boshqa guruhlar emlanadi.

Mutasaddilarga ko'ra, 2021-yilning o'rtasigacha aksariyat amerikaliklar vaksina olib bo'lishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG