Breaking News

Jo Bayden - AQSh prezidentlik saylovi g'olibi


78 yoshga kirayotgan Jo Bayden kelasi yilning yanvari 46-prezident sifatida qasamyod keltiradi

AQSh sobiq vitse-prezidenti, Demokratik partiya nomzodi Jo Bayden ommaviy axborot vositalari tomonidan prezidentlik saylovi g'olibi deb e'lon qilindi. U kelasi yilning 20-yanvar kuni AQShning 46-prezidenti sifatida faoliyat boshlashi kutilyapti.

Ungacha esa "prezident emas, prezidentlikka saylangan" degan maqomda.

36 yil senatorlik qilgan va sakkiz yil prezident Barak Obama ma'muriyatida vitse-prezident sifatida faoliyat yuritgan Jo Bayden keskin kurashlar ostida kechgan saylovdan to'rt kun o'tib, g'alaba qozondi.

G'alaba Saylov kollegiyasi a'zolari va Kongress tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak. Lekin bu jarayon saylov natijasini o'zgartirishi kutilmayapti.

G'alaba qozongani haqida xabarlar chiqishi ortidan Bayden "Twitter" orqali bu yangilikka munosabat bildirib, "Mamlakatga yetakchilik qilish uchun meni tanlaganingizdan sharaflanaman", - deb yozdi.

Bayden Saylov kollegiyasining 538 ovozidan yutish uchun zarur bo'lgan 270 tasini ortig'i bilan qo'lga kiritdi.

Amaldagi davlat rahbari Donald Tramp so'nggi 40 yil ichida ikkinchi muddat uchun kechgan saylovda mag'lub bo'lgan uchinchi prezident sifatida tarixga kiradi.

Tramp hozircha Bayden g'alabasiga munosabat bildirmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG