Breaking News

Irqchilikka qarshi kurash Baydenning asosiy vazifalaridan biri bo'ladi


AQSh Prezidenti Jo Bayden irqiy tenglikka oid farmonlarga imzo chekmoqda, Vashington, AQSh, 2021-yil, 26-yanvar.
AQSh Prezidenti Jo Bayden irqiy tenglikka oid farmonlarga imzo chekmoqda, Vashington, AQSh, 2021-yil, 26-yanvar.

Prezident Jo Bayden irqiy tenglikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator farmonlar e’lon qildi. Hujjatlar irqchilik, ksenofobiya hamda pandemiya boshlangandan beri osiyoliklarga qarshi paydo bo’lgan yangi ayirmachilik illatlariga qarshi kurashishni maqsad qiladi.

O’tgan yili may oyida Jorj Floyd politsiya qo’lida halok bo’lishi ortidan irqiy adolat masalasi yana kun tartibiga chiqdi.

“Yuz bergan bu voqea hech qachon unutilmaydi. U millionlab amerikaliklar vijdonini qiynadi. Menimcha, adolatga nisbatan mamlakat qarashini o’zgartirgan voqea bo’ldi”, - dedi Prezident Bayden.

26-yanvar kuni Bayden amerikaliklar uchun irqiy tenglik imkoniyatini oshiruvchi to’rtta farmonga imzo chekdi.

“Bular, shunchaki, siyosat emas. Dalillar kundek ravshan. Tenglik uchun sarmoya iqtisodiy taraqqiyot uchun yaxshi va yangi ish o’rinlari yaratadi”, - dedi prezident maslahatchisi Syuzen Rays.

Bayden farmonlari asosida Tramp chiqargan avvalgi bir necha qaror bekor qilindi. Uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha federal yordam ko’rsatishda diskriminatsiyaga qarshi choralarni kuchaytirish, Adliya vazirligiga xususiy qamoqxonalardan foydalanishni taqiqlash shular jumlasidan. Mahbuslar orasida qora tanlilar oqlardan besh barobar ko’p ekani irqiy notenglik oqibati ekani aytiladi.

“Qamoqda odam soniga qarab foyda ko’rishga asoslangan tizimda ular ko’proq odam qamalishidan manfaatdor bo’ladi. Demak, mahkumlarni reabilitatsiya qilish, jamoatchilik xavfsizligini kuchaytirish masalalari noto’g’ri rag’batlar ustiga qurilgan”, - deydi huquq faoli Stiv Filips.

Xalqaro hayot - 28-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:34 0:00

Bayden tub aholining federal darajada tan olingan 574 qabilasi bilan ham yaqindan ishlash niyatida. Prezident, shuningdek, osiyolik va Tinch okeani mintaqasidan bo’lgan amerikaliklarni diskriminatsiyadan himoya qilishga so’z berdi.

“Osiyolik yoki xitoylikka o’xshagan odamlarni virusi bor, deydigan darajaga chiqishdi”, - deydi Tiffani Yu ismli ayol.

Baydenning tenglik targ’ibotidan norozi bo’layotganlar ham bor. Ularga ko’ra, tenglik, kim bo’lishidan qat’i nazar, hammaga bir xil imkoniyat berish demakdir.

“So’l qanot nazaridagi tenglik bir xil natijaga erishish uchun noteng munosabat qo’llashga asoslangan. Bu bizga xos emas. Bu narsa tenglikka erishish uchun marksistlar qo’llaydigan usul. Natija bir xil bo’lmasligi mumkin, lekin biz odamlarga teng imkoniyat beramiz”, - deydi Xeritejy jamg’armasi tadqiqotchisi Mayk Gonzales.

Ba’zi ekspertlar fikricha, Bayden saylovda unga ovoz bergan aholi qatlamlariga yordam qo’lini cho’zmoqda. 2020-yilgi saylovda qora tanlilar elektoratning 11 foizini tashkil qildi. Ularning 90 foizdan ortig’i Baydenga ovoz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG