Breaking News

Nyu-Yorkda Rossiyadagi siyosiy bosimlarga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi


Nyu-Yorkda birdamlik namoyishi o'tkazildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:59 0:00

31-yanvar kuni Nyu-Yorkda o’nlab faollar Rossiyadagi namoyishchilarni qo’llab BMT binosi oldida to'plandi. Namoyishda yig’ilganlar “Putin o’g’ri” deb baqirdi.

100 ga yaqin odamni to’plagan yig’inni Amerikadagi rusiyzabon inson huquqlari himoyachilari uyushmasi tashkil etdi.

Namoyish qatnashchilari Rossiyada hibsda saqlanayotgan muxolifat lideri Aleksey Navalniy va barcha siyosiy mahbuslarning ozod etilishini talab qildi.

Namoyish tashkilotchilari shu kuni BMT va qator boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga petitsiya yo’llashdi.

“Petitsiyaga 15 mamlakat, 40 ta shaharda yashovchi odamlar imzo chekkan. Biz aynan ana shu xalqaro tashkilotlarga murojaat qilayotganimiz bejiz emas. Chunki bugungi kunda Rossiya hukumati harakatlariga aynan xalqaro tashkilotlar ta’sir o’tkaza oladi”, - deydi Dmitriy Glinskiy, rusiyzabon jamoat kengashi prezidenti.

Petitsiya orqali faollar, shuningdek, barcha jamoat va din arboblari, ijodkorlar, olimlarni ham Rossiyadagi siyosiy bosimlarga chek qo’yishni Kremldan talab etishga chorlashgan.

BMT oldida o’tgan namoyishda rossiyalik taniqli opera xonandasi Pavel Suliandziga ham qatnashdi.

“Men bu yerga boshqalar kabi Aleksey Navalniydan ruhlanib keldim. U qo’rqmasligini ko’rsatdi va shu orqali biz ham qo’rqmasligimiz kerakligini namoyish qildi”, - deydi u.

Shu kuni Nyu-Yorkning Tayms maydonida ham namoyishlar bo’lib o’tdi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG