Breaking News

AQSh hozircha chetga ko'proq vaksina chiqarmaydi


Biden

Prezident Jo Baydenga ko'ra, 200 million amerikalik koronavirusga qarshi emlanmaguncha xorijga ketayotgan vaksina miqdori oshmaydi.

"O'zimizda yetarli miqdorda borligi yuzasidan to'liq ishonch hosil qilmas ekanmiz, bu borada tashqi yordam ko'lami hozircha kengaymaydi. Lekin yaqin kelajakda bunga qurbimiz yetishi kerak", - deydi u.

Amerikadan vaksina bo'yicha madad kutayotgan davlatlar ko'p. Bayden ma'muriyati vaksina diplomatiyasi degan yangi tushunchani targ'ib qilib, maxsus idora orqali o'z hamkorlari va sheriklari bilan muloqotda.

Bayden bugun Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo bilan ayna shu masalada gaplashgan.

Amerika rahbari deydiki, Vashington qo'ldan kelgancha ko'mak ko'rsatmoqda va ko'rsatishda davom etadi.

Biroq Bayden prezidentlikning birinchi 100 kunida AQSh aholisining uchdan ikki qismi emlanadi, deya so'z bergan. Oq uy uchun hozir shu asosiy marra.

Hozirgacha 134 milliondan oshiq amerikalik birinchi dozani, qariyb 88 millioni esa har ikkisini olib bo'lgan.

Avvalo qo'shni davlatlar, keyin Markaziy Amerika, astalik bilan Yevropa va Osiyo hamda Afrikaga salmoqli miqdorda vaksina chiqarila boshlanishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG