Breaking News

Afg'oniston ajnabiy jangarilarni vataniga qaytaradimi?


Nangarhor viloyatidagi jangarilar qurolini topshirmoqda, 2019

Afg'oniston hukumati 14 davlat bilan bu yurtlardan chiqqan jangarilar taqdirini muhokama qiladi. Qamoqxonalarda hozirda yuzlab ajnabiylar bor. Ular asosan "Islomiy davlat" va unga aloqador guruhlar a'zosi sifatida qo'lga olingan.

Afg'oniston milliy razvedka idorasi rahbari Ahmad Ziyo Saraj bu masalaga tezlikda yechim topish kerak, deydi.

Ayni damda hibsxonalarda terror to'dalariga aloqador 408 chet ellik o'tiribdi, deydi rasmiylar, ulardan 173 nafari ayollar va bolalar.

Ulardan 299 nafari Pokistondan; 37 nafari O'zbekistondan; 16 nafari Xitoydan, 13 nafari Tojikistondan; 12 nafari Qirg'izistondan, qolganlari esa Turkiya, Rossiya, Iordaniya, Indoneziya, Hindiston, Eron, Bangladesh va Maldiv orollaridan.

Aynan al-Qoida bilan aloqadorlikda gumon qilingan yana 309 chet ellik ham qamoqda. Ularga nima bo'ladi, tamoman mavhum.

Sobiq razvedkachi Abdul Vohid Taqat deydiki, Kobulga bu insonlardan qutulish qiyin, agar xalqaro tashkilotlar orqali ularnng davlatlariga ta'sir qilmasa.

“Afg'oniston ekstraditsiya yoki terroristlarni alishish borasida biror bitimga ega emas. BMTsiz bu ishni eplay olmaydi".

AQSh Afg'onistondan harbiylarini olib chiqar ekan, jangarilar kuchayadi, degan xavotir yuqori
AQSh Afg'onistondan harbiylarini olib chiqar ekan, jangarilar kuchayadi, degan xavotir yuqori

Terror guruhlarida jang qilganlarni qabul qilishni xohlaydigan mamlakatlar, hatto fuqarosi bo'lsa ham, ko'p emas.

Biroq ekspertlarga ko'ra, ayrim hukumatlar hamkorlik qilishi mumkin. Masalan, Xitoy uyg'urlarni olishi mumkin va ularning keyingi taqdiri haqida hisobot bermaydi. Ammo bu insonlardan uyg'urlarga nisbatan repressiv siyosatini oqlash uchun foydalanishi, ularni dunyo tinchligiga raxna solgan odamlar deb jazolashi mumkin.

2015-yilda Afg'oniston bir necha uyg'urni Xitoyga topshirgan.

Amerika kuchlari chiqib ketar ekan, xorijiy jangarilar faoliyati ham kengayishi mumkin, degan xavotir kuchli.

"Islomiy davlat" va boshqa to'dalar hozir sustlashgan, deydi afg'onlar, ammo ularning qaytishi ham oson, agar chora ko'rilmasa. Afg'oniston va Pokistonda 2200 jangari faol ekani taxmin qilinadi.

Pokistonliklarni davlatiga topshirish uchun Kobul shart qo'ygan: Islomobod qo'lidagi toliblarni qaytarishi kerak, xususan liderlarni.

Aslam Faruqiy "Islomiy davlat"ning mahalliy yetakchisi bo'lgan va hozirda Afg'onistonda panjara ortida. U o'tgan yili Qandahorda ushlangan. Vatani Pokistonda u terrorizmda ayblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG