Breaking News

AQShda ayollar erkaklardan ko'proq ovoz beradi


Virjiniya shtati, 2020

Amerikada xotin-qizlar asosan demokratlar va saylovda ularga ovoz beradi, deb hisoblasangiz, xato. Ayollar erkaklarga qaraganda faolroq, ammo ularning ovozi turli omillarga borib taqaladi.

Qora tanli, latina, osiyolik xotin-qizlar demokratlarga yon bosadi va o'tgan saylovda aksariyat hollarda prezidentlik uchun Jo Baydenga ovoz berdi. Biroq oq tanlilarning 55 foizi Donald Trampni tanladi.

"Ovoz kimga nima uchun berilayotganini o'rganib chiqqanimizda, ko'plab ayollar irq, yosh, sinf, ta'lim, din va boshqa faktorlardan kelib chiqqan holda fikrlashini ko'rasiz. Siyosiy tanlov shunga yarasha", - deydi Kleyr Gotro, bu borada izlangan olima.

Yana bir qiziq omil: oila qurmagan ayollar eng faol qatlam. Oilasiz erkaklar bu borada ulardan orqada. Oilalilar har ikki jinsda deyarli teng miqdorda ovoz beradi.

Oliy ma'lumotli ayollar asosan liberallar, 64 foiz. Universitetni bitirganlarning 45 foizi konservator.

1980-yillardan beri, deydi Gotro, xotin-qizlarning saylovdagi ishtiroki bir necha karra o'sgan. Ovoz berganlar ular orasida erkaklarga qaraganda qariyb 10 millionga ko'proq.

Shuningdek, ular siyosiy jihatdan ogohroq, xayriya ishlarida faolroq, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ham ovozi o'tkirlashib bormoqda.

Gotro deydiki, ayol saylovchi har doim ham ayol siyosatchiga ovoz bermaydi. Saylov kampaniyalarida bunga e'tibor berish muhim, deydi olima, chunki xotin-qizlar uchun muammolarning yechimi ustunroq.

2020-yildagi saylovda ovoz bergan ayollarning deyarli uchdan bir qismi oq tanli bo'lmagan, ya'ni boshqa irq vakillari oldinga intilmoqda.

“Qora tanlilar ayniqsa faol va mustaqil saylovchilari ko'p shtatlarda g'alabani belgilovchi guruh. Partiyaga emas, dastur mohiyatiga qarab ovoz beradiganlar orasida ayollar salmoqli”, - deydi tadqiqotchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG