Breaking News

O'zbekiston chegara nizolarini yer berish orqali hal qilyaptimi?


O'zbekiston chegara muzokaralarini qanday olib boryapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:55 0:00

O'zbekistonda marhum prezident Islom Karimovning chorak asrlik boshqaruvi davrida muzlatilgan davlat chegaralarini belgilash masalasi Mirziyoyev hokimiyatga kelishi ortidan siljishlar bilan kuzatilmoqda.

O’zbekiston Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston bilan bahsli chegaralarni aniqlashtirishda ayrim aniq natijalarga erishdi. Yaqinda o’zbek-qozoq chegarasida bahsli bo’lgan Bag’is va Xiyonon qishloqlari rasman Qozog’iston tarkibiga o’tgani e’lon qilindi. O’zbekiston buning hisobiga nima olgan? Bu hozircha noma'lum.

Avvalroq Qirg’iziston prezidenti bilan Toshkentda o’tkazilgan muzokaralar natijasida o’zaro yer almashishga kelishilgan edi. Chorak asr davomida muallaq qolgan bahsli hududlarga oid siljishlar O’zbekiston foydasiga bo’lmayotgani, o’zbek tomoni chegarani belgilashda jiddiy yon bosishlarga borayotgani, muzokaralar yopiq o’tkazilayotganiga doir tanqidlar mavjud.

O’zbekiston hukumati chegara masalasida qaysi hududlar, kimga, nimaning evaziga topshirilayotgani yuzasidan biror aniq ma’lumotlar taqdim etmayotgani, nafaqat parlament, deputatlar, balki matbuotda ham bu masalada sukut mavjudligi inobatga olinsa, Mirziyoyev hokimiyatining chegara masalasini jamoatchilik muhokamasisiz yechish qarori rostdan ancha munozarali ko’rinadi.

Ayniqsa, har bir qarich yer uchun talashayotgan, hukumatidan bitimlarni bekor qilishni talab qilayotgan qo’shni Qirg’izistondagi vaziyat nazarga olinsa.

Huquqshunos, jurnalist Baxtiyor Shohnazarov mintaqa davlatlari o’rtasida chegalarni aniqlashtirish bo’yicha ketayotgan muzokaralarni kuzatib keladi.

Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, o’zbek jamiyati mamlakat hududi, yeri, chegarasi masalasiga befarq; Mirziyoyevning hukumati shu befarqlikdan foydalanmoqda. Chegara bo’yicha bitimlar, kelishuvlarni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etish kerak, deydi jurnalist.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG