Breaking News

Hisobot: 180 jurnalist va faollar ustidan maxfiy kuzatuv olib borilgan


Isroilning “NSO Group” xususiy kompaniyasi odamlarni kuzatish imkonini beruvchi “Pegasus” dasturini xorijiy davlatlarga sotgan.
Isroilning “NSO Group” xususiy kompaniyasi odamlarni kuzatish imkonini beruvchi “Pegasus” dasturini xorijiy davlatlarga sotgan.

Dunyo bo’ylab 180 dan ortiq jurnalist, faollar va davlat arboblarining maxsus josuslik dasturi yordamida kuzatilgani xalqaro janjalga aylanmoqda. Isroilning “NSO Group” xususiy kompaniyasi odamlarni kuzatish imkonini beruvchi “Pegasus” dasturini xorijiy davlatlarga sotgan. Hukumatlar undan jurnalistlar, faollar va hatto Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kabi davlat yetakchilarini kuzatish maqsadida foydalangan.

Makron voqea yuzasidan tekshiruv o’tkazishni buyurdi. Isroil hukumati ham masala yuzasidan tekshiruv boshlashini bildirdi.

“NSO Group”ning aytishicha, dastur aslida jinoyatchi va terrorchilarni qo’lga tushirish uchun mo’ljallangan.

“Xalqaro Amnistiya” va Parijda joylashgan “Taqiqlangan hikoyalar” tashkiloti birgalikda o’tkazgan surishtiruvga ko’ra, dastur 10 davlat tomonidan jurnalistlar hamda faollarni kuzatish maqsadida ishlatilgan; kuzatuv ostidagi odamlarning telefoni va hatto undagi kamera va mikrofonlar nazoratga olingan.

“Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Meksika, Marokash kabi davlatlar bor; ularning barchasi jurnalistlarga, faollarga qarshi ishlari, ularni kuzatishi bilan tanilgan. Meksikada shu dastur asosida kuzatuvda bo’lgan jurnalist ikki oy o’tib o’ldirilgan. Jamol Qoshiqchining qallig’i ham Qoshiqchi o’lishi bilan shu dastur asosida kuzatuvga olinganidan xabardormiz”, - deydi “Taqiqlangan hikoyalar” tashkiloti vakili Laurent Richard.

“Amerika Ovozi”ning Ruandadagi muxbiri ham kuzatuv ostida bo’lgan. Ozarbayjonlik jurnalist Sevinch Vaqifqizi shaxsiy hayoti tamom bo’lganini aytmoqda.

“Qayerga borsangiz ham, kimdir siz bilan turgan, sizni kuzatayotgan, suhbatlaringizni yozib olayotgan, qayerdaligingizni bilayotgan bo’ladi. Nimadir qilsangiz, qayergadir borsangiz, doim kimningdir nazorati ostidasiz. Uxalsangiz, tursangiz, oshxonaga yoki hojatxonaga kirsangiz ham sizni ko’rishadi va hamma narsangizni yozib olishadi”, - deydi “Maydon TV” kanali jurnalisti.

Ozarbayjonlik faol bloger Baxtiyor Hojiyev harbiy xizmatdan bo’yin tovlaganlikda ayblanib, hibsga olingan va kaltaklangan edi. Uning telefon raqami ham kuzatuv ostida bo’lganlar ro’yxatida.

“Tahdidlarsiz o’tgan biror kun yoki haftani bilmayman. Ular turli shaklda bo’ladi: kiber hujumlar, shantaj va yomonotliq qilish kampaniyalari. Bugun ham, shu suhbatdan bir necha daqiqa oldin xavfsizlik xodimlari menga bog’lanib, agar Ozarbayjon hukumatini tanqid qilishni to’xtatmasam, obro’yimni to’kish uchun yangi kampaniya boshlashlari haqida ogohlantirdi”, - deydi Baxtiyor Hojiyev.

AQSh Global media agentligi voqea yuzasidan maxsus bayonot chiqarib, dunyo bo’ylab 180 dan ortiq jurnalist, xususan, “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” radiosi xodimlari kuzatuv ostida bo’lganidan g’azabda ekanini bildirdi.

Xalqaro hayot - 22-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:46 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG